O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Personal bilan ishlashning tezkor rejasi


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Personal bilan ishlashning tezkor rejasi
Personal bilan ishlashning tezkor rejasini ishlab chiqish 
uchun maxsus tayyorlangan anketalar yordamida quyidagi 
axborotlarni to‘plash zarur:
— 
personalning doimiy tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
(ismi, otasining ismi, familiyasi, turar-joyi, yoshi, ishga kirgan 
vaqti va hokazolar).
— 
personalning tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
(malakasi, jinsi, yoshi, millati, nogironlar, ishchilar, xizmatchilar, 
malakali ishchilar va shu kabilarning salmog‘i);
— 
kadrlar qo‘nimsizligi;
— 
bekor turib qolishlar, kasallik natijasida vaqtning bekor 
sarf bo‘lishi;


73
— 
ish kunining davom etishi haqidagi ma’lumotlar (to‘liq 
yoki qisman band bo‘lganlar, bir smenada, bir necha smenada 
yoxud tungi smenada ishlovchilar), mehnat ta’tillarining qancha 
davom etishi;
— 
ishchi va xizmatchilarning ish haqi (uning tuzilishi, 
qo‘shimcha ish haqi, ustamalar, tarif bo‘yicha va tarifdan 
tashqari to‘lovlar).
1.11-chizma. Personal to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tuzilishi
Mehnatga ko‘nikishni boshqarish
Personalning tashkilot bilan o‘zaro hamkorligi jarayonida 
ularning o‘zaro moslashuvi vujudga keladi, uning asosini 
personal tomonidan sekin-asta mehnatning yangi kasbiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga kirib borishi tashkil etadi.
Ko‘nikishning ikki yo‘nalishi ajratib ko‘rsatiladi:
— 
boshlang‘ich ko‘nikish, ya’ni kasb faoliyati tajribasiga 
ega bo‘lmagan yosh kadrlarning moslashuvi (odatda, mazkur 
holatda gap o‘quv yurtlari bitiruvchilari haqida boradi);
— 
ikkilamchi ko‘nikish, ya’ni kasb faoliyati sohasida 
tajribaga ega bo‘lgan xodimlarning moslashuvi (odatda, bular 
faoliyat obyektini o‘zgartiruvchilar yoki masalan, rahbar 
lavozimiga o‘tganda kasbiy rolini o‘zgartirganlar).


74
1.12-chizma. Personalni jalb qilish manbalari chizmasi
Personalga sarflanadigan xarajatlar tashkilotning ishlab 
chiqarish va ijtimoiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish uchun asos 
bo‘lib xizmat qiladi. Personalga sarflanadigan xarajatlar ulushi 
mahsulot tannarxida ortib boradi, bu esa, quyidagi omillar bilan 
bog‘liqdir:
— 
mehnat unumdorligi bilan xodimlarga sarflanadigan 
xarajatlar o‘rtasida bevosita bog‘liqlikning yo‘qligi;
— 
personalning malakasiga tobora yuqoriroq talablar 
qo‘yadigan yangi texnologiyalarning joriy qilinishi;
— 
mehnat huquqi sohasidagi qonunlarning o‘zgarishi, yangi 
tariflarning paydo bo‘lishi, eng zarur tovarlar (kundalik ehtiyoj 
uchun kerak bo‘ladigan) narxlarining ortishi (tashqi omillar).

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling