O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Martaba tushunchasi va uning turlari


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Martaba tushunchasi va uning turlari
Martaba (mavqe) — personalning o‘z mehnat istiqbo li 
to‘g‘risidagi subyektiv ravishda anglab yetilgan fikr-muloha-
zalari, o‘zini-o‘zi namoyon qilish va mehnatdan qoniqish hosil 
qilish borasidagi harakat yo‘llaridir. U xizmat pillapoyasidan 


75
tadrijiy ravishda ilgarilab borish, xodim ko‘nikmalari, 
qobiliyatlari, malaka imkoniyatlari va faoliyati bilan bog‘liq 
bo‘lgan ish haqi miqdorlarining o‘zgarishidan iborat.
Martabaning ikki turi — kasb martabasi va tashkilot ichidagi 
martaba mavjud.
Kasb martabasi shu narsa bilan ajralib turadiki, muayyan 
bir xodim kasbiy faoliyati jarayonida rivojlanishning turli-
tuman bosqichlaridan o‘tadi: ta’lim olish, ishga kirish, kasb-
hunar sohasida o‘sish, o‘ziga xos kasbiy qobiliyatlilarni qo‘llab-
quvvatlash, pensiyaga chiqish. Xodim ushbu bosqichlarni 
izchillik bilan turli tashkilotlarda ishlab o‘tkazgan bo‘lishi 
mumkin.
Kasb martabasi bilan bir qatorda tashkilot ichidagi 
martabani ajratib ko‘rsatish mumkin. U xodimning bir tashkilot 
doirasida rivojlanish bosqichlari izchillik bilan almashinib 
borishini qamrab oladi.
Tashkilot ichidagi martaba uchta asosiy yo‘nalishda amalga 
oshiriladi:
Vertikal yonalish — ko‘pincha, martaba tushunchasining 
o‘zini xuddi ana shu yo‘nalish bilan boglaydilar, chunki, 
bunday holda martabaning ortib borishi ancha sezilarli bo‘ladi. 
Martabaning vertikal yo‘nalishi deyilganda tarkibiy pog‘onaning 
ancha yuqoriroq darajasiga ko‘tarilishi tushuniladi.
Gorizontal yonalish — faoliyatning boshqa funksional 
sohasiga o‘tkazishni yohud pog‘onadagi muayyan xizmat rolini 
bajarishni nazarda tutadi, bu xizmat vazifasi tashkilot tuzilmasida 
rasman qattiq biriktirib qo‘yilmagan bo‘lishi mumkin (masalan, 
muvaqqat maqsadli guruhining rahbari vazifasini, dasturini 
bajarish va h.k.); gorizontal yo‘nalishga oldingi pog‘onadagi 
vazifalarni kengaytirish yoki murakkablashtirish ham kiradi 
(odatda, bunda olinadigan haq ham o‘zgaradi).

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling