O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Birinchi kategoriyaga kasb va malaka darajasi ancha yuqori 
bo‘lgan, oliy va o‘rta ma’lumotga ega bo‘lishni taqozo etadigan 
yoki o‘rta maktabni tamomlagach, rasmiy ishlab chiqarish 
ta’limining 3–4 yillik kursini o‘tgan barcha tarmoqlardagi oliy 
va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar, ma’muriy-boshqaruv 
personali va yuqori malakali ishchilar kiradi.
Xodimlarning ikkinchi kategoriyasiga o‘rtacha kasb va 
malaka tayyorgarligi darajasiga ega bo‘lgan shaxslar mansubdir. 
Bu daraja o‘rta yoki to‘liqsiz o‘rta maktab hajmida ma’lumot 
olishni va bunga qo‘shimcha ravishda maxsus ta’lim kursini 
o‘tashni taqozo etadi. Mazkur kurslar muddati, ko‘pincha, bir 
necha oyni tashkil etadi. Bu guruhga idora va savdo xizmatlari 
(sotuvchilar, fermerlar, o‘rta malakali ishchilar) kiradi. Ushbu 
tayyorgarlik darajasiga ega bo‘lgan xodimlar mehnati tugal 
operatsiyalar majmuini ado etishni talab qiladi va xo‘jalik 
faoliyatining muayyan sohasiga javobgar bo‘lish bilan bog‘liqdir.


90
Uchinchi kategoriyaga eng kam kasbiy tayyorgarlikka ega 
bo‘lgan kishilar kiradi, ularning ishi bir necha soat yoki kunda 
o‘rganib olishni taqozo qiladi. Bu guruhga xo‘jalikning barcha 
tarmoqlaridagi kam malakali ishchilar kiradi.
Xalqaro Mehnat tashkilotining (XMT) ma’muriy kengashi 
qabul qilgan ta’rifga muvofiq, «tajribali mutaxassislar» 
kategoriyasiga quyidagilar kiradi:
— 
yuqori darajadagi ma’lumot yoki kasb tayyorgarligiga ega 
bo‘lgan yoxud ilmiy, texnik yoki ma’muriy sohalarda e’tirof 
qilingan ekvivalent tajribaga ega bo‘lgan kishilar;
— 
yollanish asosida yuqori darajada aqliy faoliyat 
ko‘rsatishni, tashabbus ko‘rsatishni, mas’uliyatni talab qiladigan 
vazifalarni bajaradigan kishilar.
Bu tarif korxona yoki tashkilotning bir qismini boshqaradi-
gan, ya’ni personal bo‘lib ishlaydigan kishilarga ham taalluqlidir.
Umuman olganda, muayyan mamlakatga va unda qabul 
qilingan tasniflashga muvofiq, tajribali mutaxassislar yollanib 
ishlayotgan mehnatkashlarning 10–20%ni tashkil etadi. 
Avstraliya (19%) va Yangi Zelandiya (20%) bu ro‘yxatning 
oldingi o‘rinlarida turadi. Yevropa Ittifoqida o‘rta hisobda 
mutaxassislar 12,5%ni tashkil etadi. 8 milliondan ortiq mutaxassis 
xususiy sektorda band. Italiya, Daniya va Buyuk Britaniya 
kabi mamlakatlarda 100 kishidan kamroq kishilar ishlaydigan 
korxonalar soni ko‘proq bo‘lib, ulardagi mutaxassislar ulushi 
ancha yuqoridir va tegishli ravishda 16 va 15% dan iboratdir. 
Biroq, Germaniyada mutaxassislar soni birmuncha kamroq 
bo‘lib, 9,5%ni tashkil etadi. Yaponiyada 1960– 1985 yillar 
oralig‘idagi davrda o‘rta bo‘g‘in boshqaruv personali 23% ga 
ortgan. AQShda esa, tajribali mutaxassislar ulushi taxminan 11 
%ni tashkil etadi. Lekin, bular faqat raqamlardir, xolos.


91
Birinchidan, mehnatkashlarning bu kategoriyasiga kimlar 
kirishini aniqlash juda qiyin, ikkinchidan, ular bajaradigan 
vazifalar texnologiya va tashkiliy o‘zgarishlar natijasida doimiy 
ravishda almashib turadi. Ayrim mamlakatlarda, masalan, Italiya 
va Fransiyada bu kategoriyaga farmoyish berish huquqiga 
ega bo‘lgan korxonalarning barcha xodimlari kiradi. Boshqa 
mamlakatlar (Buyuk Britaniya va Skandinaviya mamlakatlari)
da bu kategoriyaga ilmiy xodimlar va muhandislar kirmaydi; 
AQSH va Kanadada yaqin vaqtlargacha mehnat qonunchiligida 
xizmatchilar safidan rahbar va boshqaruvchi bo‘lib ishlaydiganlar 
chiqarib tashlangan edi.
Shu bilan birga, xalqaro raqobat va mehnat unumdorligini 
doimo oshirib borish ta’sirida ishlayotgan korxonalarda 
ishlab chiqarishni qayta qurish oqibatlari faqat mansab 
vazifalari sohasidagi o‘zgarishlardan iborat bo‘lmayotir. 
Masalan, Germaniyada «Lyuftganza» kompaniyasi tajribali 
mutaxassislarning 30%ini qisqartirdi, «Mersedes-Bens» va 
«Folksvagen» korporatsiyalarida mutaxassislar soni keyingi 
vaqtlarda 20–25% kamaytirilgan.
Ushbu ma’lumotlar sirtdan qaraganda, hamma joyda 
mutaxassislar soni ortib borishi tendensiyasiga zid keladi, 
haqiqatda esa, bu ma’lumotlar sanoati rivojlangan mamlakatlarga 
va o‘rta bo‘g‘in xodimlariga taalluqlidir.
Ro‘y berayotgan o‘zgarishlarning yo‘nalishi rejalashtirish
boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bevosita mahsulot ishlab 
chiqaruvchilarning o‘zlariga topshirishga qaratilgan.
«Raqobat kurashining ortishi bilan yaqin vaqtlarda birorta 
ham korxona 10–15% dan ortiq o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini 
saqlab turolmaydi. Bu mutaxassislar ancha katta ish haqi oladi 
va ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydi», — deyiladi 


92
yollanma mehnat kishilari, texnik xodimlar va mutaxassislar 
Xalqaro Federatsiyasi ma’ruzasida. Bundan shunday xulo-
sa kelib chiqadiki, yaqin vaqtlar ichida bevosita ishlab chiqa-
ruvchilar va yuqori daraja boshqaruvchilari umuman o‘rta 
bo‘g‘in mutaxassislarisiz kun kechirishlari mumkin. Bunday 
sharoitda mazkur kategoriyadagi mutaxassislar faqat bilim va 
tajribalaridan ajralib qolmasdan, shu bilan birga, firmaning 
raqobatbardoshligi bilan unda hamkorlik qilish ruhini saqlab 
qolish zarurligi o‘rtasida sezilarli ixtilof kelib chiqadi.
Shunday qilib, butun boshqaruv tizimining asosiy elementi 
personaldir, u ayni bir vaqtda boshqaruvning ham obyekti, ham 
subyekti bo‘lib maydonga chiqishi mumkin. Korxona xodimlari 
obyekt sifatida faoliyat ko‘rsatishiga sabab shuki, ular ishlab 
chiqaruvchi kuch, har qanday ishlab chiqarish jarayonining 
asosiy tashkil etuvchisidir. Shu boisdan ishlab chiqarishdagi 
inson resurslarini rejalashtirish, shakllantirish, qayta taqsimlash 
va oqilona foydalanish personalni boshqarishning asosiy 
mazmunidir. Ishlab chiqarishning moddiy buyum elementlarini 
boshqarish ham xuddi shu nuqtai nazardan qarab chiqiladi.
Shu bilan birga, personal — avvalo, odamlardan iborat 
bo‘lib, ular o‘ziga xos sifat va xossalarning murakkab 
majmui bilan ajralib turadi. Ular orasida ijtimoiy-psixologik 
xususiyatlar asosiy rol o‘ynaydi. Personalning bir vaqtning 
o‘zida boshqaruvning ham obyekti, ham subyekti sifatida 
namoyon bo‘lishi ishlab chiqarishda personalni boshqarishning 
o‘ziga xos tomonini tashkil etadi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling