O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

2. Korxona ichidagi karyera. Bu muayyan xodim o‘z 
kasbiy faoliyati jarayonida rivojlanishning barcha: ta’lim olish, 
ishga joylashish, kasbiy o‘sish, butun salohiyatini namoyon 
etish, pensiyaga chiqish bosqichlarini bosib o‘tishini anglatadi. 
Korxona ichidagi karyera:
— 
ixtisoslashtirilgan;
— 
ixtisoslashtirilmagan bo‘ladi.
Ixtisoslashtirilgan karyera muayyan xodim o‘z kasbiy 
faoliyatida karyera turli bosqichlaridan o‘tishi bilan farqlanadi. 
Muayyan xodim bu bosqichlarni bitta yoki bir nechta korxonada 
o‘zi ixtisoslashgan faoliyat turida bosqichma-bosqich o‘tadi. 
Masalan, bir korxonaning bosh muhandisi ikkinchi bir korxona 
bosh muhandisi lavozimiga o‘tishi mumkin. Bu o‘tish yoki ish 
haqi miqdoridagi yoki mehnat jarayonidagi o‘sish istiqboli bilan 
bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan karyeraga yana bir 
5
Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. Uch jildlik saylanma 1-jild. Abdulla 
Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti. Toshkent, 1994 yil, 18-bet.


142
misol sifatida korxona boshqarmasi boshlig‘i korxona rahbari 
o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishini keltirish mumkin.
Ixtisoslashtirilmagan karyera. Bu Yaponiya menejmentiga 
xosdir. Ushbu davlat kompaniya va firmalarida rahbar ishlab 
chiqarishning har qanday uchastkasida ishlay olishga qodir 
mutaxassis bo‘lishi kerak, degan qoida qaror topgan. Yapon 
menejmentiga ko‘ra, xodim xizmat lavozimi pillapoyasida 
uch yildan ko‘p muddat ushlanib qolmasdan bosqichma-
bosqich ko‘tarilib borar ekan, kompaniyaga har tarafdan nazar 
tashlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Mazkur usulda, 
aytaylik, mahsulot sotishni tashkil etadigan bo‘lim boshlig‘i 
ta’minot bo‘limi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilishi tabiiy hol 
hisoblanadi. Yaponiyalik ko‘pgina rahbarlar o‘z karyeralarini 
kasaba uyushmalari tashkilotlarida ishlashdan boshlaganlar. 
Bir qarashda bu vazifa ularga hozir faoliyat ko‘rsatayotgan 
kompaniyalari uchun eng zarur, chuqur, keng ko‘lamli maxsus 
bilimlarni yetarli hajmda egallash imkoniyatini bermaydi. Ammo, 
ushbu mamlakatda rahbarlik lavozimi uchun bu hal qiluvchi 
ahamiyatga ega emas deb hisoblanadi. Chunki, ular fikricha, bu 
bilimlar 5 yil o‘tgach baribir eskirib qoladi. Boshqa tomondan 
esa, rahbarlik lavozimiga tayinlangan bunday xodimlar avvalgi 
vazifalarida orttirgan tajribalari tufayli kompaniya to‘g‘risida 
yaxlit tasavvurga ega bo‘ladilar. Yangi lavozimlarda ularning 
shaxsiy tajribasi ham juda asqotadi.
Ixtisoslashtirilmagan karyerani ham xodim bir korxonada 
yoki bir necha korxonada o‘tishi mumkin.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling