O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

3. Vertikal karyera deyilganda, xizmat lavozimi pillapo-
yalaridan bevosita yuqoriga ko‘tarilish tushuniladi. Lavozimda 
o‘sish mexnatga to‘lanadigan haq qoshishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
4. Gorizontal karyera. Bu faoliyatning boshqa turi bilan 
shug‘ullaniladigan lavozimiga siljitishni yoki korxona xizmat 
lavozimlari tizimida qat’iy belgilab qo‘yilmagan muayyan xizmat 
vazifasini (masalan, muvaqqat guruh, bo‘linma, loyiha rahbari) 


143
bajarish yuklatilishini anglatadi. Egallab turgan lavozimida avval 
belgilab qo‘yilgan vazifalarning qoida bo‘yicha ish haqi miqdori 
oshirilgan holda kengaytirilishi yoki murakkablashtirilishi ham 
gorizontal karyera turiga taalluqlidir. Ya’ni, gorizontal karyera 
xizmat lavozimida muttasil yuqoriga ko‘tarilishni anglatmaydi.
5. Bosqichma-bosqich karyera. U vertikal va gorizontal 
karyera xususiyatlarini mujassamlashtiradi. Ya’ni xodimning 
xizmat vazifasida o‘sishi bosqichma-bosqich vertikal xamda 
gorizontal holda kechishi mumkin. Bu sezilarli darajada samara 
beradi. Bosqichma-bosqich karyera korxona ichidagi karyera 
shaklida hamda korxonalararo karyera shaklida uchraydi.
6. Yashirin karyera. Bu atrofdagilar uchun aniq-ravshan 
holda ro‘y bermaydigan xizmat lavozimida o‘sishdir. Bunday 
imkoniyatga odatda, o‘z korxonasidan tashqarida juda keng 
amaliy aloqalari mavjud tor doira xodimlari ega bo‘ladilar. 
Boshqacha qilib aytganda, yashirin karyera deyilganda 
kompaniya yoki firma rahbariyatiga yaqinlashish tushuniladi. 
Masalan, rahbariyatning alohida muhim topshiriqlarini bajarish
tor doirada o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga taklif qilinish, norasmiy 
axborotlar olish imkoniga ega bo‘lish va hokazolar xuddi shuni 
anglatadi.
Bunday xodimlar oddiy xizmat lavozimlarida bo‘lishlari 
mumkin. Biroq, ularning ish haqi hamkasblarinikidan sezilarli 
darajada yuqori bo‘ladi.
Zamonaviy menejmentda xodimning lavozimda o‘sishi 
uchun zarur sifatlarga ega bo‘lish lozimligi nazariy va amaliy 
jihatdan asoslab berilgan. Xususan, G‘arbda o‘tkazilgan 
tadqiqotlar personalning faqat 0,1 foizida boshqaruv iste’dodi 
mavjud bo‘lishini ko‘rsatgan. Shuning uchun karyera tanlanishida 
muayyan omillar hisobga olinishi zarur, (2.2-chizma).
Vertikal va gorizontal karyera xodimlarning ikki toifasini 
farqlaydi:


144
2.2-chizma. Karyerani tanlashda hisobga olinadigan omillar

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling