145
yuqoriroq lavozimda imkoniyatlar katta, deb o‘ylaydilar. Biroq,
bu toifa xodim xizmat vazifasi va lavozimda o‘sgani sari aniq
faoliyatdan tobora uzoqlasha boshlaydi
va rasmiyatchilik bilan
bog‘liq holatga tushib qoladi.
Buning natijasida, ko‘p hollarda karyera boshida rejalangan
g‘oyalarni amalga oshirishning umuman imkoniyati bo‘lmaydi.
Ijodkorlik sifatlariga ega xodimlarni bu o‘ta og‘ir ahvolga
solib qo‘yadi. Quyidagi jadvalda
rahbar xodimlar lavozimda
ko‘tarilgan sari ularga talablar darajasi va mazmunining
o‘zgarishi yaqqol aks etgan. Bevosita xuddi shunday
mansabparast shaxslar vertikal karyerada ko‘proq muvaffaqiyat
qozonadilar.
2.3-jadval
Rahbar xodimlarning bilim darajasi va talablar
Belgilar: X – o‘rta daraja; XX – o‘rtadan yuqori daraja; XXX –
yuqori daraja; XXXX – juda yuqori daraja.
2. «Kasbparast shaxs». Mazkur toifa xodimlari, odatda,
shaxsiy faoliyatdagi muvaffaqiyatlariga ko‘proq ahamiyat
qaratadilar. «Kasbparast shaxs»larda
ehtiyojlar, xabardorlik,
onglilik darajasi ancha yuqori. Ular butun hayoti davomida bilim
olish
qobiliyatini rivojlantiradi, muttasil ravishda o‘z bilimlari
darajasini oshirishga, ijodiy jihatdan o‘sishga intiladi.
«Kasbparast shaxs» korxona faoliyatiga daxldorlikka ehtiyoj
sezadi, qaror qabul qilinayotganda uning fikri hisobga olinishini
xohlaydi, uning uchun qiziqarli ish, yutuqlarining e’tirof etilishi
juda muhimdir.
Bunday toifadagi xodimlarga
boshqaruvning demokratik
usullari ma’qul. Chunki, u belgilab qo‘yilgan tartib-qoidalarga
146
qaraganda ijodiy g‘oyalarga rioya etishni afzal ko‘radi. Shu
jihatdan u ishga o‘ta sidqidillik bilan munosabatda bo‘ladigan,
o‘ziga va o‘zgalarga g‘oyat talabchan xodimlar toifasiga kiradi.
Ana shu xususiyatlari sababli, «Kasbparast shaxs» yuqori
lavozimni
egallasa, bundan o‘zi ham, atrofdagilar ham qoniqish
hosil qilmaydi. Chunki, u rahbarlikni samarali amalga oshirishga
qodir emas. Uning ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun esa
egallagan lavozimi imkoniyat bermaydi.
Xodimlar o‘zlarining shaxsiy
sifatlari kuchli va zaif
tomonlarini karyeralarining boshlang‘ich bosqichida to‘g‘ri
aniqlay olsalar, bu ularning kasblarida va lavozimlarida o‘sishlari
uchun eng maqbul yo‘lni tanlay olish imkonini beradi.
Karyerani boshqa xususiyatlar bo‘yicha ham tasniflash
mumkin (2.3-chizma).
2.3-chizma. Karyera tasnifi
Real karyera — lavozimda amalga oshirilgan,
erishilgan
o‘sishdir. Bunda xodimning muayyan davr ichida faoliyatning
147
tegishli turida aniq bir korxona yoki tashkilotdagi lavozimda
o‘sishi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: