148
Sust karyera bir lavozimda uzoqroq muddatda ushlanib
qolish xususiyati bilan farqlanadi. Odatda, bu davr normal
karyeraga qaraganda o‘rtacha 1,5–2 barobar ko‘p, ya’ni 5–10
yilga teng, demakdir. Lavozimda bu darajada sust o‘sish
sabablari ko‘p jihatdan uning kasbiy va shaxsiy sifatlari,
hamkasblari, mehnat jamoasi, rahbariyat
bilan munosabatlari
bilan izohlanadi. Sust karyeraga kompaniya yoki firmada
personalni rivojlantirish to‘g‘ri rejalashtirilmaganligi, ya’ni
lavozimda o‘sish imkoniyatlari cheklanganligi ham sabab
bo‘lishi mumkin. Bo‘sh lavozim
mavjud emasligi sababli, xodim
mehnat faoliyati turini o‘zgartirishni xohlamasa uzoq vaqt bir
xizmat vazifasida ushlanib qolishi mumkin.
Tipik karyera deyilganda, xodimning kasbiy mahorat
cho‘qqisiga erishishi, malakasi umume’tirof
etilishi, korxona
tashkiliy tuzilmasida eng yuqori lavozim darajasiga ko‘tarilishi
bosqichma-bosqich, ushbu kasbiy va shaxsiy sifatlar muttasil
takomillashib borishi uyg‘un holda ro‘y berishi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: