O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Barqaror karyerada xodimning kasb faoliyati va lavozimi 
o‘sishida muayyan chekinishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi 
nazarda tutiladi. Ya’ni, bu xodimning mehnat faoliyati muayyan 
bosqichida o‘z kasbini vaqtincha yoki bir umrga o‘zgartirganligi, 
shuningdek, ma’lumoti bo‘yicha ixtisosligiga mos kelmaydigan 
lavozimni egallashiga to‘g‘ri kelganligini bildiradi.
Uzlukli karyera xodimning kasbda va lavozimda o‘sishi 
beqaror bo‘lishini anglatadi. Bu personalning mehnat faoliyatini 
tez-tez o‘zgartirib turishi, ish joyini, korxona va tashkilotini 
muttasil almashtirishi, ma’lumoti bo‘yicha ixtisosligiga muvofiq 
bo‘lmagan lavozimlarni egallashi demakdir.
Lavozimda o‘sish bosqichlarini aniqlashning uslubiy asosi 
sifatida ikki: karyera turi va boshqaruv tizimi omillari hisobga 
olinishi kerak, (2.4-chizma).


149
2.4-chizma. Karyera turi va boshqaruv tizimi
G‘arb tadqiqotchilari lavozimda o‘sishning quyidagi bos-
qichlarini e’tirof etadilar:
1. Sinov (ko‘nikish).
2. O‘zini-o‘zi e’tirof etish, firmada e’tirof etilish va xizmat 
lavozimida o‘sish.
3. Karyera o‘rtasi.
4. Karyera yakuni.
Mazkur tasnifga ko‘ra, karyera boshlanishi bosqichi kasbiy 
tan lash, korxonaga ishga joylashish, o‘z xizmat vazifalarini o‘r-
ganish, shaxsiy qiziqish kuchli namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq 
voq yelikdan «falaj holatiga tushish», egallash istagi bo‘lgan 
lavozimlarni mo‘ljallash, homiylar izlash xususiyatlari bilan 
farqlanadi.


150
O‘rta bosqichda ishlab chiqarishga qo‘shilayotgan ulushni 
muvofiqlashtirish, ehtimol tutilgan o‘zgarishlar, yangi hayotiy 
maqsadlarni izlash, «hayotiy tanglik» holatlari bilan ajralib 
turadi.
Yakunlovchi bosqich yetakchilar hamda mehnat faoliyati 
bilan mashg‘ul aksariyat ko‘pchilik uchun tubdan farqlanadi. 
Yetakchilar uchun bu — yuksalish va ijodiy barkamollik davri 
bo‘lsa, qolganlar uchun foydalanilmay qolingan salohiyat 
tangligi va iste’foga chiqishni anglatadi.
Personal karyerasini rejalashtirish va rivojlantirishni 
boshqarish — kompaniya yoki firma ichki ehtiyojlariga muvofiq 
holda, xodim salohiyati va umidlarini hisobga olgan tarzda uning 
lavozimda yoki kasb vazifasida o‘sishini shakllantirishda aniq 
maqsadga muvofiq ta’sir o‘tkazish jarayonidir, (2.5-chizma).
Personal karyеrasi bo‘yichа qаbul qilingan qarorlar bajarish 
vа rejalarni аmalga oshirish:
2.5-chizma. Korxona personali karyerasini rejalashtirish

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling