O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Personal karyerasini boshqarish quyidagi maqsadlarni 
ko‘z laydi:
— 
korxonaning izchil menejmentida ichki ehtiyojlar 
qondirilishini ta’minlash;


151
— 
personal o‘zi erishishga qodir bo‘lgan muayyan mas’uli-
yat darajasiga yetishi uchun uni o‘qitish hamda tajriba egallashini 
izchil ta’minlash;
— muayyan salohiyatga ega personalning muvaffaqiyatli 
ishga jalb etilishi — intilishlari, iste’dodlar va qat’iyatini hisobga 
olib, karyerasini rivojlantirishga imkoniyat yaratib berish.
Karyerani boshqarishni oqilona tashkil etish natijasida 
quyidagilar ta’minlanadi:
— 
yuqori malakali mutaxassislarni ishga jalb etish uchun 
keng imkoniyatlar;
— 
yuqori malakali mutaxassislarning xizmat vazifalari va 
lavozimda o‘sishlaridan qoniqish hosil qilishlari natijasida ish 
joyidagi qo‘nimsizlikni kamaytirishga erishish;
— 
personal bilan korxona faoliyati muvofiqlashtirilishi 
natijasida mehnat unumdorligining o‘sishi.
Karyera dinamikasi (2.6-chizma) xodimning korxona 
yoki tashkilot xizmat vazifalari, lavozimlari pillapoyalaridan 
bosqichma-bosqich ko‘tarilishini, bu dinamika sur’atini 
ifodalaydi. Bunda xizmat vazifasi va lavozimga ko‘nikish hamda 
uni egallash uchun, odatda, uch yil talab qilinishi mezon sifatida 
belgilab qo‘yiladi. Personal xizmat vazifasi yoki lavozimda besh 
yil bo‘lganidan so‘ng esa, uning mehnat faoliyati samaradorligida 
pasayish kuzatiladi.
Shuning uchun dinamik karyera deyilganda xodim, aksariyat 
hollarda har bir xizmat vazifasi yoki lavozimda 3–5 yil davomida 
bo‘lishi tushuniladi.
Personal karyerasi o‘sishini boshqarish jarayoni (2.7-chizma) 
mantiqan bir-biri bilan bog‘liqdir. Umuman olganda, xodimning 
karyerasi ishlab chiqarish faoliyati natijasi hisoblanadi. 
Xodim ishlab chiqarish jarayonida xizmat vazifasida yoki 
lavozimda ko‘tarilar ekan, yangi texnika va texnologiyalarni, 
ishlab chiqarish usullarini, xizmat va lavozim vazifalarini, 
menejmentni, o‘z ijtimoiy rolini va hokazolarni egallaydi.


152
2.7-chizma. Personal karyerasini boshqarish


153
Personal karyerasini rivojlantirish siyosatini shakllantirishdan 
ilgari karyera dinamikasini tahlil etish talab etiladi. Bu 
quyidagilar uchun kerak:
— kelgusida personal bilan bog‘liq masalalarni, masalan, 
mehnatga haq to‘lashning, ijroning baholanishiga bog‘liqligini 
hisobga olishda karyera dinamikasining ijrosini baholash, 
kuzatish uchun;
— 
lavozimda o‘sishning bo‘lajak yo‘lini ko‘rsatib berish 
hamda ushbu yo‘ldan muvaffaqiyatli olg‘a qarab harakat qilish 
uchun zarur talablarni shakllantirish uchun;
— 
mo‘ljallanmagan holatlarni, jumladan, xizmat vazifasi 
va lavozimda o‘ta tez ko‘tarilish yoki, aksincha, rahbarlarning 
egallab turgan lavozimlarida uzoq vaqt qolib ketishlari 
sabablarini aniqlash uchun.
Amaliyotda personal karyerasini rivojlantirish bo‘sh 
lavozimlarning 80 foizini o‘z xodimlari hisobiga to‘ldirish, 20 
foizini esa chetdan ishga jalb etish eng samarali ekanligi o‘z 
isbotini topgan.
Personal karyerasini rivojlantirishni sarmoyalashning ham 
bir necha usullari mavjud:

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling