O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Uchinchi bosqich — boshqarishning quyi bo‘g‘ini munta-
zam rahbarlar bilan ishlash bosqichidir. Ana shu bosqichda tanlab 
olingan quyi bo‘g‘in rahbarlariga (masterlar, uchastkalarning 
boshliqlari) kechki va sirtqi oliy o‘quv yurtlarini tamomlagan, 
o‘z jamoalarida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan va test sinov-
laridan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarning bir qismi ham 
qo‘shiladi. Mazkur guruh bilan butun davr mobaynida (2–3 
yil) aniq maqsadga qaratilgan muayyan ishlar olib boriladi. 
Bu xodimlar vaqtincha yo‘q rahbarlarning vazifasini bajarib 
tura dilar, ularning dublorlari hisob lanadilar, malaka oshirish 
kurslarida ta’lim oladilar. Tayyorgarlik bosqichi tamom 


163
bo‘lgandan so‘ng, har bir rahbarning ishlab chiqarish faoliyatini 
tahlil qilish asosida ikkilamchi tanlab olish va testlashtirish 
o‘tkaziladi. Ikkilamchi tanlashdan muvaffaqiyatli o‘tgan 
rahbarlar sex boshliqlari, sex boshlig‘i o‘rinbosarlarining 
bo‘shab qolgan o‘rinlarini egallashga taklif etiladi, lekin, bundan 
oldin ana shu lavozimlarda stajirovkadan o‘tadilar yoki zaxiraga 
kiritiladilar va bo‘sh o‘rinlar paydo bo‘lishi bilan lavozimga 
tayinlanadilar. Tayyorgarlikdan o‘tgan boshqa xodimlar o‘z 
vazifalarida ishlashni davom ettiradilar, shuningdek, ular 
gorizontal o‘rin almashishlari ham mumkin.
Tortinchi bosqich — boshqaruvning o‘rta bo‘g‘ini 
muntazam rahbarlar bilan ishlash bosqichidir. Mazkur bosqichda 
yosh rahbarlarning qaror topgan guruhida ishlab turgan o‘rta 
bo‘g‘inning tayinlangan har bir rahbariga u bilan yakka 
tartibda ish olib borish uchun yuqori bo‘g‘in rahbari murabbiy 
qilib tayinlanadi. Murabbiy rahbar xodimlarni boshqarish 
bo‘linmalarining mutaxassislari bilan birgalikda da’vogarning 
shaxsiy sifatlari va kasb sohasidagi bilimlari, malakalarini tahlil 
qilish asosida uning uchun yakka tartibda tayyorgarlik rejasini 
tuzib chiqadilar.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling