O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Beshinchi bosqich — boshqaruvning oliy bo‘g‘ini 
muntazam rahbarlari bilan ishlash bosqichidir. Yuqori 
lavozimlarga rahbarlarni tayinlash murakkab jarayondir. Bunda 
asosiy qiyinchiliklardan biri ko‘pgina talablarga javob beradigan 
nomzodni tanlashdir. Boshqarishdagi oliy bo‘g‘in rahbari 
tarmoqni, shuningdek, tashkilotni yaxshi bilishi kerak. U ishlab 
chiqarish, moliyaviy, kadrlar masalalarida, asosiy funksional 
kichik tizimlarda ishlash tajribasiga ega bo‘lishi, favqulodda 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatlarda malakali harakat 
qila olishi zarur. Tashkilotning bir bo‘linmasidan boshqasiga 
o‘tish ancha oldin, ya’ni rahbarlar boshqarishning quyi va 
o‘rta bo‘g‘inlarida bo‘lgan vaqtlarida boshlanishi lozim. Oliy 


164
bo‘g‘indagi bo‘sh vazifalarni egallashga odam tanlash va qo‘yish 
raqobat asosida amalga oshirilishi zarur.
Uni yuqori bo‘g‘in rahbarlari (korxona, filiallar direktorlari, 
bosh mutaxassislar va shu kabilar) dan iborat mahsus komissiya 
boshqarishning tegishli bo‘linmalari mutaxassislari ishtirokida 
va zarurat tug‘ilganda mustaqil ekspertlarni jalb qilgan holda 
amalga oshirishlari darkor.
Kadrlar zaxirasi bilan ishlash
Kadrlar zaxirasini rejalashtirish xodimlarning lavozimlarga 
ko‘tarilib borishini maqsad qilib qo‘yadi. U muayyan xodimlar 
lavozimlarga ko‘tarilishi, almashinishi, bo‘shatilishining butun 
bir zanjirini ishlab chiqishni talab qiladi.
Kadrlar zaxirasi rejalari lavozimlarni egallash sxemalari 
tarzida tuzilishi mumkin. Ular turli tashkilotlarning o‘ziga xos 
xususiyatlari va an’analariga qarab xilma-xil shakllarga ega 
bo‘ladi. Shuni aytish kerakki, vazifalar tashkiliy tuzilmalar uchun 
rivojlantirish sxemalari variantidan iborat. Ular turli mavqega 
ega bo‘lgan muayyan shaxslarga mo‘ljallanadi. Yakka tartibda 
tuzib chiqilgan lavozimlarni egallash sxemalari namunaviy 
sxemalarga asoslanadi. Ular xodimlarni boshqarish xizmatlari 
tomonidan tashkiliy tuzilmalarga mo‘ljallab tuziladi va ishchi 
o‘rinlarini egallashning andozasi variantidan iborat bo‘ladi.
Bizdagi tashkilotlarda kadrlar zaxirasi bilan ishlash 
sohasida katta tajriba to‘plangan. Endi, bu ish qanday amalga 
oshirilayotganligini qarab chiqamiz.
Kadrlar zaxirasini shakllantirish jarayonining asosiy 
bosqichlari quyidagilardir:

yuqori rahbar kadrlar tarkibida mo‘ljallanayotgan 
o‘zgarishlar rejasini tuzib chiqish;

zaxiraga nomzodlarni oldindan tanlash;

o‘z-o‘zini baholash nomzodlarning ishchanlik, kasbiy va 
shaxsiy fazilatlariga doir axborotlarga ega bo‘lish;


165

kadrlar zaxirasi tarkibini shakllantirish.
Zaxiraga nomzodlarni tanlashda asosiy mezonlar quyidagi-
lardir:

tegishli ma’lumot va kasbiy tayyorgarlik darajasi;

odamlar bilan amaliy ishlash tajribasi;

tashkilotchilik qobiliyatlari;

shaxsiy fazilatlari;

salomatligining ahvoli, yoshi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling