O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Kadrlar zaxirasini shakllantirish manbalari


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Kadrlar zaxirasini shakllantirish manbalari
Kadrlar zaxirasini shakllantirish manbalari quyidagilardir: 
malakali mutaxassislar; bo‘linmalar rahbarlarining o‘rinbosarlari; 
quyi bo‘g‘in rahbarlari; ishlab chiqarishda ishchi sifatida ishlab 
kelayotgan diplomli mutaxassislar.
Tashkilotlarda kadrlar zaxirasi guruhiga tanlab olish va kiri-
tishning muayyan tartibi vujudga kelgan. Bular quyidagilardan 
iborat:
— 
nomzodlarni tanlab olish 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxas-
sislar orasida raqobat asosida o‘tkaziladi. Bunda nomzodlar 
amaliy ishda o‘zlarini ijobiy jihatdan namoyon qilishgan va oliy 
ma’lumotli bo‘lishlari kerak; bu to‘g‘risidagi qarorni maxsus 
komissiya qabul qiladi va bu qaror tashkilot bo‘yicha buyruq 
bilan tasdiqlanadi;
— 
har bir xodim (stajer) uchun stajirovka rahbari (asosiy) 
va stajirovkaning har bir bosqichi rahbari tasdiqlanadi. Ular har 
bir bosqichdagi stajirovkaning yakka tartibdagi rejasini tuzib 
chiqadilar;
— 
kadrlar zaxirasiga kiritilgan stajorlarning rahbarlari 
stajorning xizmat-kasb jihatidan ko‘tarilish tizimi bosqich-
larini muvaffaqiyatli o‘tganligi uchun moddiy jihatdan 
rag‘batlantiriladilar;
— 
stajorga uning egallab turgan yangi lavozimiga mos 
keladigan lavozim maoshi belgilanadi, lekin, bu maosh 


166
oldingisidan yuqori bo‘ladi. Shu bilan birga, unga mazkur 
lavozim uchun ko‘zda tutilgan moddiy rag‘batlantirishlarning 
barcha turlari tatbiq etiladi.
Qisqacha xulosalar
Xizmat — kasbi jihatidan ko‘tarilish — bu, tashkilot 
tomonidan turli darajalar (lavozimlar, ish o‘rinlari, jamoadagi 
mavqe-martabalarni taklif qilish) izchilligidir. Xodim bu 
bosqichlarni layoqatiga qarab o‘taydi.
Martaba — haqiqatdan egallanadigan bosqichlar (lavozimlar, 
ish o‘rinlari va jamoadagi mavqyelar) izchilligidir.
Xizmat — kasbi jihatidan ko‘tarilish tizimi — muntazam 
rahbarlar tayyorlashning beshta asosiy bosqichidan iborat: oliy 
va o‘rta maxsus ta’lim va o‘quv yurtlari yuqori kurs talabalari; 
yosh mutaxassislar; boshqaruvning quyi bo‘g‘ini muntazam 
rahbarlari; o‘rta bo‘g‘ini muntazam rahbarlari va yuqori bo‘g‘ini 
muntazam rahbarlari bilan ishlash.
Rahbarlik vazifalariga baho berishda nomzodlarning ijtimoiy 
fuqarolik yetukligi, mehnatga munosabati, bilim darajasi
tashkilotchilik qobiliyati, boshqarish tizimiga rahbarlik qilish 
va ilg‘or narsalarni qo‘llab-quvvatlash qobiliyatlari hamda fe’l-
atvoridagi ma’naviy-axloqiy sifatlari hisobga olinadi.
Kadrlar zaxirasini rejalashtirish — xodimlarning lavozim-
larga ko‘tarilib borishini maqsad qilib qo‘yadi. U muayyan 
xodimlarning lavozimlarga ko‘tarilishi, almashinishi, bo‘sha-
tilishining butun bir zanjirini ishlab chiqishni talab qiladi.
Kadrlar zaxirasini shakllantirish bosqichlari quyidagilardir:
— 
rahbar kadrlar tarkibidagi o‘zgarish rejasini tuzish;
— 
zaxiraga nomzodlarni oldindan tanlash;
— 
nomzodlarning ishchanlik, kasbiy va shaxsiy fazilatlari 
bo‘yicha axborotlarga ega bo‘lish;
— 
kadrlar zaxirasi tarkibini shakllantirish.
Zaxiraga nomzodlarni tanlashning asosiy mezonlari 
quyidagilardir:


167
— 
tegishli ma’lumot va kasbiy tayyorgarlik darajasi;
— 
odamlar bilan amaliy ishlash tajribasi;
— 
shaxsiy fazilatlar;
— 
salomatligining ahvoli, yoshi.
Kadrlar zaxirasini shakllantirish manbalariga quyidagilar 
kiradi: malakali mutaxassislar; bo‘linmalar rahbarlarining 
o‘rinbosarlari; quyi bo‘g‘in rahbarlari; ishlab chiqarishda ishchi 
sifatida ishlayotgan diplomli mutaxassislar.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling