O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Nazorat va muhokama uchun savollar
1. «Xizmat-kasbi jihatidan ko‘tarilish» va «martaba» 
tushunchalarining bir-biridan farqi nimada?
2. Muntazam rahbarlar tayyorlashning asosiy bosqichlarini 
sanab o‘ting.
3. Rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va 
baholashda ularning qanday fazilatlari hisobga olinadi?
4. Kadrlar zaxirasiga nomzodlarni tanlashda asosiy 
mezonlar nimalardan iborat?
5. Xorijiy davlatlarda xizmat-kasbi jihatidan ko‘tarilishni 
boshqarish sohasidagi tajribalari nimalardan iborat?
6. Kadrlar zaxirasini shakllantirish manbalari deganda 
nimani tushunasiz?
7. Kadrlar zaxirasini shakllantirish jarayonining qanday 
asosiy bosqichlari mavjud?
III BOB. PERSONAL MEHNATINI TASHKIL QILISH 
VA UNI MODDIY RAG‘BATLANTIRISH
3.1. Boshqaruv personali mehnatini tashkil qilish
Rahbar va mutaxassis ishining maqsadlari belgilangan 
ijrosi, xodimning o‘z faoliyatini qay darajada tashkil etish 
nuqtai nazaridan olib qaralishi kerak. Agar xodim faoliyatining 
maqsadlari noaniq belgilangan bo‘lsa yoki u mazkur maqsadlarni 


168
yaxshi tasavvur etmasa, u holda samarali ishlash uchun shart-
sharoitlar mavjud emasligi haqida gapirish mumkin.
Rahbarni, mutaxassisning samarali faoliyatga tayyorligi 
shaxsning bilimi, malakasi, ko‘nikmalari va shaxsiy fazilatlari 
bilan belgilanadi. Aqliy mehnatni oqilona tashkil etish, uning 
samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish 
vazifalari hozirgi vaqtda alohida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Har qanday sohadagi aqliy mehnat fikrlash mehnatidan 
tashqari sof tashkiliy, texnik elementlarni ham o‘z ichiga oladi, 
ularning muayyan qismi ko‘pgina kasblar uchun umumiy 
hisoblanadi. Demak, xodimning shaxsiy mehnatini tashkil etish 
muammolarini, foydalanilgan usullar, prinsiplar nuqtai nazaridan 
o‘rganish mumkin. Shaxs mehnatini tashkil etishning ikkinchi 
tomoni kundalik ish tajribasida boshqaruv personali tatbiq 
etadigan shaxsning ish texnikasi, texnikaviy vositalaridir.
Xodimning shaxsiy mehnatini fan va ilg‘or tajriba 
yutuqlaridan texnikaviy vositalarni tatbiq etishga asoslangan 
holda foydalanishni tashkil etishni, lavozim vazifalarini bajarish 
jarayonida xodim bilan foydalanilayotgan texnika vositalari 
o‘rtasida o‘zaro ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan bilim 
sohalari personal menejmenti, deyiladi.
Personal menejmentining ilmiy asosini boshqaruv faoliyati 
tajribasida to‘plangan hamda boshqaruv personali mehnat 
faoliyatini tashkil etish tamoyillari, usullari tarzida taqdim 
etilgan shaxsiy mehnatni tashkil etish to‘g‘risidagi butun bilim-
lar majmui tashkil etadi. Personal menejmenti fan sifatida rah-
bar lar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilar samarali mehna-
tining omillari va shartlarini namoyon qiladi. Ana shu asosda 
nazariya ishlab chiqiladi, uning mazmuni boshqarish jarayonida 
kishilar oqilona faoliyatining tamoyillari, shakllari va usullari 
hisoblanadi.
Biroq shuni esda tutish zarurki, rahbar, mutaxassisning 
mehnati faqat obyektiv jihatdan shart bo‘lib qolmasdan, shu 
bilan birga, u tashabbuskor ijodiy xususiyatga ham egadir. 


169
Shu munosabat bilan, ularning mehnatini tashkil etish, bir 
tomondan, muayyan qonuniyatlarga, tamoyillarga, qoidalarga 
bo‘ysunganligi haqida, ikkinchi tomondan, bu qoidalar qaror 
topgan ishlab chiqarish vaziyatini hisobga olgan holda, tatbiq 
etilish darajasini aniqlash uchun ijodiy mushohada qilib 
ko‘rilishini talab etishi haqida gapirish mumkin. Bu yerdagi 
tegishli tamoyillar va qoidalar faqat rahbarning, mutaxassisning 
o‘ziga xos ish uslubi, o‘z mehnatini tashkil etish ko‘nikma va 
malakalari, usullarini takomillashtirish ustida ishlashi uchun 
faqat boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu ta’rifdan kelib chiqib, personal menejmenti quyidagi 
bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan masalalarni ilmiy asoslangan 
holda hal qilishni o‘z ichiga oladi:
— 
boshqaruv apparatidagi mehnatni tashkil etish (mehnat 
taqsimoti, mehnatni mazmuniga ko‘ra tartibga solish, mehnatni 
vaqti bo‘yicha tartibga solish), tizimlar va ish usullarini tanlash;
— 
shaxsiy mehnatni tashkil etishning o‘ziga xos muammolari 
(ish vaqtini rejalashtirish va taqsimlash, tashrif buyuruvchilar 
oqimini boshqarish, o‘ziga xos ish uslubi, yozishmalarni oqilona 
yuritish va h.k.)
— 
ish o‘rinlarini tashkil etish va jihozlash;
— 
hisoblash va tashkiliy texnika vositalaridan foydalanishni 
tashkil etish.
Boshqaruv apparati xodimlari mehnatini tashkil etish 
murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Har qanday xodim uchun 
bugungi kunda eng muhim muammo ish vaqtidan oqilona 
foydalanish hisoblanadi. Shuning uchun ham, boshqaruv 
mehnatini ilmiy asosda tashkil etishning boshlang‘ich bosqichi 
boshqaruv apparati xodimlarining ish vaqtidan foydalanishni 
o‘rganishdir. Ish vaqtidan foydalanishni o‘rganish uning bekor 
sarf bo‘lishini aniqlash, uning sabablarini bilib olish, ishlarni 
bajarishning yangi shakllari va usullarini ishlab chiqish imkonini 
beradi.


170
Boshqaruv personali mehnat jarayonlarini tashkil etish zarur 
texnikaviy vositalarni hisobga olgan holda, personal zimmasiga 
yuklangan vazifalarni bajarishning oqilona tizimlar va usullarini 
loyihalash va joriy qilishdan iboratdir.
Boshqaruv personali mehnatini tashkil etish mehnatni 
mazmuniga va vaqtiga ko‘ra tartibga solishning muayyan 
darajasini nazarda tutadi. Bu narsa xodimlarning lavozim 
vazifalarini bajarish vaqtidagi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish 
hamda amalga oshirish chog‘idagi zarur tartib va uyushqoqlikni 
ta’minlaydi. Mehnatni tartibga solish mehnatni tashkil etishga 
xos bo‘lgan obyektiv qonuniyatlarga asoslangan muayyan 
qoidalar, yo‘riqnomalar, normativlarni belgilash va ularga qat’iy 
rioya qilinishini bildiradi.
Shu narsa aniqki, agar rahbar va uning qo‘l ostidagi kishilar 
zamonaviy ish usullari va yo‘llarini egallamagan bo‘lsalar, 
jamoada samarali ishlashni yo‘lga qo‘yish qiyin bo‘ladi. Eskirib 
qolgan ish usullari va samarasiz ish uslubi mazkur jamoani 
boshqaruv tizimining eng zaif bo‘g‘iniga aylantirib qo‘yadi.
Personal menejmenti masalalari orasida ish vaqtini 
rejalashtirish va taqsimlash, shuningdek, boshqaruv personali 
shaxsiy mehnatini tashkil etish muammolari muhim ahamiyatga 
egadir, har bir xodimning alohida ish uslubi boshqaruv apparati 
samarali ishlashining muhim sharti hisoblanadi.
Rahbarning, mutaxassisning mehnatini rejalashtirish 
muayyan vaqt uchun ish rejalarini tuzib chiqish shaklida yoki 
aniq ish va tadbirlarni bajarish rejalarini shakllantirish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi.
Ish tartibini belgilash chog‘ida rahbar va mutaxassis 
mehnatining tarkibiy qismini hisobga oluvchi jihatlar 
quyidagilardir: maqsadning qo‘yilishi (maqsadni aniqlash, 
vaziyatni tahlil qilish, maqsadni ifodalash); ishning 
rejalashtirilishi, qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishga 
tayyorgarlik ko‘rish, ish vaqtini oqilona taqsimlash va undan 
foydalanish, hal qilinadigan vazifalarni ijro etish muddatlarini 


171
qisqartirish yo‘llarini izlash; bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, 
tadbirlarning ustuvorligini belgilash, nazorat qilish funksiyalarini 
amalga oshirish, topshiriqlarning bajarilish jarayoni haqidagi 
ma’lumotlarni tahlil qilish, qo‘yilgan maqsadlarga erishilishini 
nazorat qilish; axborot va kommunikatsiya kengashlarini tashkil 
etish va o‘tkazish korrespondensiyalarini oqilona yuritish, 
tashrif buyuruvchilar oqimini boshqarish. Ishlar xususiyati va 
mazmuniga aniqlik kiritish hamda tavsiflash, qaror topayotgan 
vaziyatni hisobga olishda operativ ravishda aniq qarorlar qabul 
qilish jarayonlarini rejalashtirish asosida amalga oshiriladi.
Aqliy mehnat kishilari, odatda, o‘z ish o‘rinlarini oqilona 
tashkil etishga yetarli darajada e’tibor berishmaydi. Biroq, shuni 
esda tutish kerakki, barcha toifadagi mutaxassislar mehnatining 
samaradorligi ular faoliyatining xususiyati va shart-sharoitlaridan 
qat’iy nazar ko‘p jihatdan ish o‘rnini tashkil etish va jihozlashga 
bog‘liq bo‘ladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling