O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Boshqaruv personalining me’yoriy ko‘rsatkichlarini


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Boshqaruv personalining me’yoriy ko‘rsatkichlarini 
aniqlash va tahlil etish
Rahbarlar va mutaxassislar mehnatidan foydalanish va 
sifat tarkibini tahlil qilish, ularning haqiqatdagi soni hisob-
kitobdagidan farq qilishi, umumiy sondagi oliy va o‘rta maxsus 
ma’lumotli mutaxassislar salmog‘ining, kategoriya yoki YATS 
razyadlari bo‘yicha mutaxassislar sonining o‘zgarishi sabablarini 
topish rahbar va mutaxassislar malakasini oshirish rejasi 
bajarilishini baholash imkonini beradi.
Tahlilning maqsadi — mutaxassislar mehnatidan foydalanish 
samaradorligini oshirish, ularning kasb-malaka tuzilmasini 
takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishdir.
Jahon tajribalarida rahbar va mutaxassislar sifat tarkibini 
baholashning turli xil usullari mavjud: yillik attestatsiya, ish 
natijalari, qo‘yilgan maqsadlarga erishishi bo‘yicha baholash.
Mutaxassislarning sifat tarkibini tahliliy baholashni ma’lum 
davr uchun ular oldilariga qo‘yilgan maqsadlarga tayangan holda 
olib borish mumkin.


172
Bunday baholash bir necha bosqichni o‘z ichiga oladi:
— 
xodimning ushbu majburiyatlarini aniqlash;
— 
har bir majburiyatni aniq iqtisodiy ko‘rsatkichlarda 
aniqlashtirish (foyda, ishlab chiqarish xarajatlari, hajm, vaqt, 
sifat, mehnat unumdorligi va h.k.);
— 
o‘lchov birliklarini (foiz, ish kuni, so‘m...) va faoliyat 
natijalarini aks ettiruvchi (vaqtni qisqartirish, brakni kamaytirish, 
o‘tgan davrga nisbatan foizlarda foydani oshirish va h.k.) 
ko‘rsatkichlar tizimini belgilash;
— 
har bir ko‘rsatkich bo‘yicha minimal va maksimal 
«bajarish standartlarini» o‘rnatish;
— 
qabul qilingan standartlar bo‘yicha maksimal va minimal 
bajarish natijalarining o‘zaro nisbatini (maksimaldan yuqori, 
uning darajasida, minimum darajasida va minimumdan kam) va 
baholovchi ballarni chiqarish;
— barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rtacha bahoni hisoblash.
Rahbar va mutaxassislar mehnatini tahlil qilish uchun 
ko‘rsatkichlarni tanlashda quyidagi mehnat natijalari:
— 
korxonaning butun faoliyat natijalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri 
va hal qiluvchi ta’sir qilishi;
— 
ular nisbatan kam (4-6) ishlab chiqarish maqsadlariga 
erishishga olib kelishini hisobga olish kerak.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling