O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Boshqaruv mehnatining tavsifi va boshqaruv kadrlari


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Boshqaruv mehnatining tavsifi va boshqaruv kadrlari
Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar 
boshqarish shakllari va usullarini takomillashtirish sohasidagi 
jiddiy ishlar bilan birgalikda olib borilmoqda. Bu hol ishlab 
chiqarishning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida uni tashkil etish 
va boshqarishdagi sifat o‘zgarishlarini amalga oshirishni talab 
qiladi.
Boshqaruv mehnati deganda, tashkilotda boshqaruv 
vazifasini bajarish sohasidagi mehnat faoliyati turi tushuniladi. 
Uning vazifasi mehnat jamoasi oldida turgan vazifalarni hal 
qilishga doir aniq maqsadga qaratilgan va muvofiqlashtirilgan 
faoliyatni ta’minlashdir.
Boshqaruv mehnatining obyekti — mehnatni sarflash 
sohasi: tashkilot, tarkibiy bo‘linmadir.
Boshqaruv mehnatining predmeti — obyektning holati 
haqidagi va uning faoliyat ko‘rsatishi hamda rivojlanishidagi 
zarur o‘zgarishlari to‘g‘risidagi axborot.
Boshqaruv mehnatining mahsuli obyektning talab 
qilingan rejimda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun zarur 
bo‘lgan boshqaruv qarorlari va amaliy harakatlari. Faoliyatning 
barcha sohalariga boshqaruv ta’siri ishlab chiqarish jamoasi 
a’zolari orqali amalga oshirilgani sababli jonli mehnatni 
boshqarish, ya’ni barcha jamoa a’zolarining maqsadga 
muvofiq faoliyatini boshqarish ustuvor ahamiyatga ega bo‘ladi. 
Biroq, shuni hisobga olish kerakki, boshqaruv ta’sirlarining 
to‘laroq natijalariga faqat ularning jonli mehnatga emas, balki 
jonsiz mehnatga ham bog‘lanishi bilangina erishiladi, chunki 
ishlab chiqarish bu har ikki tomonni bir-biriga birlashtiradi. 
Bunday yondashuv, ayniqsa, hozirgi kunda dolzarbdir, 
chunki bozor iqtisodiyotining rivojlanishi bilan yirik korxona 
va birlashmalarning ayrim tarkibiy bo‘linmalari mustaqil 
korxonalarga, jamoa esa, o‘z ixtiyorida mavjud bo‘lgan ishlab 
chiqarish vositalarining xo‘jalik subyektiga aylanishi mumkin.


175

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling