O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
personalni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv kadrlari
- Tashkilotlar va tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari
Boshqaruv mehnatining mazmuni — muayyan obyektga
tatbiq etilganda boshqaruv vazifalarining tarkibi bilan belgilanadi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: maqsadlar va rejalashtirishni aniqlash, ijroni tashkil etish, ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish va rag‘batlantirish, ijroni hisobga olish va nazorat qilish. Har bir vazifa boshqariladigan obyektga boshqaruv ta’siri o‘tkazishning muayyan shakli va usulini aks ettiradi, bu esa, tegishli boshqaruv uslubi va usullarini nazarda tutadi. Boshqaruv kadrlari Boshqaruv jarayonida bajariladigan vazifaga qarab boshqaruv personalining uch toifasi: rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xizmatchilar toifalari ajratib ko‘rsatiladi. Boshqaruv personalining ajratib ko‘rsatilgan guruhlaridan har biriga ular mehnatining mazmuni, aqliy faoliyat xarakteri va jamoa faoliyati natijalariga ta’sir qilishi nuqtai nazaridan o‘ziga xos xususiyatlar taalluqlidir. Tashkilotlar va tarkibiy bo‘linmalarning rahbarlari — boshqaruv apparati faoliyatining barcha eng muhim masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladilar. Ularning lavozim vazifalari doirasiga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ijrochilar ishini, ishlab chiqarish bo‘g‘inlari va boshqaruv bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish kiradi. Ularning asosiy vazifasi — ishlab chiqarish jamoasining samarali mehnat qilishini ta’minlashdir. Rahbar mehnatining mohiyati, boshqaruv tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanish jarayoniga umumiy rahbarlik qilishni ta’minlashdan iboratdir. Shartli ravishda rahbar mehnatining uchta tarkibiy qismini ajratib ko‘rsatish mumkin: ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-boshqaruv mehnati. Rahbar mehnatining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, ishlab 176 chiqarish, iqtisodiy, texnikaviy va ijtimoiy vazifalarni u asosan tashkiliy jihatdan hal qiladi, mazkur vazifalarni hal qilishi lozim bo‘lgan xodimlarga ta’sir ko‘rsatadi. Rahbar mehnatining xususiyati shu bilan belgilanadiki, u boshqaruvning muhim funksiyasini — rahbarlik funksiyasini amalga oshiradi. Bunda boshqaruv tizimi uning ayrim bo‘g‘inlarini muvofiqlashtirish yo‘li bilan yagona bir butun qilib birlashtirish vazifasini hal etadi. Jamoaning yetakchisi bo‘lgan rahbarga zamonaviy qarashning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u tashkilotdagi izchil o‘zgarishlarning asosiy tashabbuskori sifatida innovatsion tashkiliy madaniyatning tashuvchisi sifatida namoyon bo‘ladi. Hozirgi zamon rahbarining eng muhim xususiyatlari: kasbiy omilkorlik, o‘z ortidan jamoani ergashtira olish qobiliyati, yaxshi psixologik iqlimni vujudga keltirish va qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Boshqaruv personalida ajratib ko‘rsatiladigan ikkinchi guruh – mutaxassislar bo‘lib, ular boshqaruvga doir qarorlar tayyorlash va ishlab chiqish funksiyasini bajaradilar. Bular ixtisoslashgan xodimlar bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini berilgan vaqt yoki oraliq mobaynida tavsiflovchi axborotni qayta ishlash va tahlil qilishni ta’minlaydilar. Ular analitik ma’lumotlar asosida ishlab chiqarish yoki boshqarish xarakteridagi ayrim funksional masalalarni hal qilish variantlarini ishlab chiqishni ta’minlaydilar. Boshqaruv mutaxassislari boshqaruv funksiyalari va ularning kasbiy tayyorgarligi nuqtai nazaridan tasniflanadi. Mutaxassislar guruhiga muhandislar, iqtisodchilar, hisobchilar (buxgalterlar), yuristlar va shu kabilar kiradi. Rahbarlar va mutaxassislar faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan xilma-xil ishlarni bajaruvchi xodimlar «boshqa Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling