O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

 ---------- ►
Istiqbolda
mehnat
xodimlarga
bo‘lgan
talablarni
rejalashtirish
 ---------- ►
Xodimlar
ongini
rivojlantirish
dasturini
ishlab
chiqish
1.2-chizma. Xodimlar faoliyatini rejalashtirish
Mavjud xodimlar faoliyatini baholashda, eng avvalo, 
ularning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi omillarga, xususan, 
mehnat bozoridagi vaziyatga e’tiborni qaratish lozim. Zero, 
mehnat bozoridagi holat ko‘p jihatdan quyidagilarga bog‘liq:
— 
aholi soni, yoshi, jinsi salmog‘idagi o‘zgarishlarga;
— 
tarmoq va hududiy bandlikdagi o‘zgarishlarga;
— 
qo‘shimcha ishchi kuchini yollash darajasiga;
— 
ishlab chiqarish hajmi, tarkibi va o‘sish sur’atiga;
— 
mehnat resurslarini boshqarish usuliga va hokazolarga. 
Ichki omillarni baholash uchun quyidagi ma’lumotlar tahlilini 
bajarmoq zarur:


20
— doimiy band bo‘lgan xodimlar soni, familiyasi, yashash 
joyi, ishga qabul qilingan vaqti va hokazo;
— 
xodimlarning tarkibi (malakasi, mutaxassisligi, yosh 
tarkibi, milliy tarkibi, nogironlar salmog‘i, ishchi va xizmatchilar, 
ITX salmog‘i va hokazo);
— 
xodimlar qo‘nimsizligi;
— 
ish kunining davomliligi (to‘liq yoki qisman bandligi, 
necha soat va qaysi smenada ishlashi, ta’tilning davomliligi va 
hokazo);
— 
ish haqi, uning tarkibi, qo‘shimcha ish haqi, ta’rif yoki 
ta’rifdan yuqori to‘lov va hokazo;
— 
davlat yoki huquqiy tashkilotlar tomonidan 
ko‘rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmat (ijtimoiy ehtiyojlarga 
ajratiladigan mablag‘)lar.
Qayd qilingan tashqi va ichki omillar ta’sirida mehnat 
bozoridagi vaziyat o‘zgarib turadi va shunga mos ravishda 
mehnat resurslariga bo‘lgan talab va taklif ko‘lami aniqlanadi.
Mehnat resurslariga bo‘lgan talabni rejalashtirish xodimlar 
faoliyatini rejalashtirish jarayonining boshlang‘ich bosqichi 
bo‘lib, uni tuzishda quyidagi ma’lumotlar asos vazifasini 
bajaradi:
— 
mavjud va rejalashtirilayotgan ish joylari;
— 
tashkiliy va texnik tadbirlar rejasi;
— 
shtatlar ro‘yxati va bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish rejasi.
Aniqrog‘i, xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni rejalashtirishda 
mahsulot ishlab chiqarish rejasi, mahsulot birligiga sarflanadigan 
vaqt me’yori va bir yil uchun o‘rnatilgan ish vaqti fondidan 
foydalaniladi. Amaldagi texnologiya darajasi doirasida 
xodimlarga bo‘lgan talablarni rejalashtirish uchun quyidagi 
formuladan foydalaniladi:


21
Bu yerda:
T
i
 – guruhdagi xodimga bo‘lgan talab me’yori (kasbi, 
malaka darajasi);
q
i
 – bir yilda mahsulotni ishlab chiqarish rejasi;
H
i
 i mahsulotning bir birligiga mazkur guruh xodimi 
sarflaydigan ish vaqti me’yori;
B
i
 – mazkur guruhdagi bir nafar xodimga to‘g‘ri kelgan 
yillik vaqt fondi.
Korxonaning xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarini rejalashtirish 
mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif 
muvozanatiga bog‘liq.
Agar mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab 
taklifdan ko‘proq bo‘lsa, ya’ni:

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling