O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

ijtimoiy muhofazaning ijtimoiy adolat va o‘zaro yor-
damni amalga oshirish darajasini ko‘rsatuvchi prinsiplari va 
turlari — ijtimoiy sherikchilik (yollanma xodimlar bilan ish 
beruvchilar o‘zaro hamkorlik qilishining xilma-xil usullari 
bilan birga) yoki mehnat munosabatlarini qattiq reglamentlab, 
ijtimoiy muhofazada paternalistik munosabatlar bilan bog‘lash, 
shuningdek, ijtimoiy muhofazaning ushbu prinsiplari va turlarini 
aralash hamda bog‘lab olib borish;
— 
ijtimoiy muhofazani baholash mezonlari – ijtimoiy 
kafolatlar hamda mehnat bilan o‘tadigan hayot sifatining tan 
olingan milliy ko‘rsatkichlari (normalari): ishlab chiqarish 
sohasining ahvoli, mehnat muhofazasi va uning xavfsizligi; 
mehnatning psixofiziologik normativlari; mehnat sharoitlari 
(mehnat qilish va dam olish, moddiy haq to‘lash rejimlari); 
xodimlarning salomatligi va mehnatga layoqatliligi; 
professional tayyorgarlikning malaka ko‘rsatkichlari; oziq-ovqat 
mahsulotlarini iste’mol qilish me’yorlari va shu kabilar.
Korxona va tashkilotlarda xodimlarni ijtimoiy himoyalash 
ijtimoiy sug‘urta sohasidagi tadbirlar hamda boshqa ijtimoiy 
kafolatlarni tashkil etadi, ular amaldagi qonunlar, mehnat 
shartnomalari va boshqa huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. 
O‘zbekistondagi bu chora—tadbirlar Xalqaro Mehnat 
tashkiloti tomonidan qabul qilingan belgilarga hamohang holda 
quyidagilarni nazarda tutadi:
— 
mehnatga haq to‘lash va tarif stavkasi (maosh) eng kam 
muqdorning ta’minlanishi;
— 
ish vaqtining normal davom etishi (haftasiga 40 soat 
ishlash), dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun 


193
kompensatsiya to‘lash, har yili kamida 24 ish kunidan iborat 
haq to‘lanadigan mehnat ta’tili berilishi;
— 
mehnat majburiyatini bajarish natijasida soliqqa 
yetkazilgan zarar o‘rnining qoplanishi;
— 
kam ta’minlangan, yordamga muhtoj ko‘p bolali oilalarga 
mahalla bilan bir qatorda korxona va tashkilot tomonidan ham 
ijtimoiy himoya choralarini belgilash;
— 
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik uchun nafaqalar 
to‘lash, onalarga bolasini parvarish qilish ta’tili vaqtida har 
oyda nafaqalar to‘lab turilishi, hodimlar kasb tayyorgarligi 
yoki malaka oshirish davrida stipendiyalar to‘lab turilishi va 
boshqalar.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling