O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Shaxsning individual-psixologik sifati


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Shaxsning individual-psixologik sifati
Inson ijtimoiy tizimda asosiy bo‘g‘in, ya’ni boshqaruv 
obyekti va subyektidir. Shaxsni doimo kimdir boshqaradi, u 
o‘zining muvaffaqiyatli boshqarilishi uchun o‘z qiziqishlari 
tavsifini, o‘z imkoniyatlari va turli vaziyatlarda nuqtai naza rini 


195
to‘g‘ri ifoda qilishi va yaxshi bilishi lozim. Avvalo, o‘z imkoni-
yatlarini, keyin esa, ulardan foydalanish yo‘llarini anglab olgan 
bo‘lishi talab etiladi. Ong insonning voqelikni to‘g‘ri aks ettirish 
qobiliyati sifatida, insonning ijtimoiy-ruhiy vositalari yig‘indisi 
sifat faoliyati dasturini tuzish, yaqin va aniq maqsadlar qo‘yish, 
ularga erishishga yordam berishga imkoniyat yaratadi. Chunki, 
kishilarning bilimi rahbar kasbiy vakolatining ko‘rsatkichidir.
Ko‘pincha, rahbarlar nutqida «inson», «shaxs», «indivi-
duallik» kabi so‘zlar tez-tez uchrab turadi.
Inson ijtimoiy munosabatlar tizimiga qo‘shilganda va 
mustaqil faoliyat uchun arzigulik ijtimoiy sifatga ega bo‘lganda 
shaxs bo‘lib qaror topadi. Inson o‘z ehtiyojini qondirishga 
intilib, shaxs sifatida turli mehnat va ijtimoiy faoliyat sohasiga 
kirib boradi. Bunda shaxsning ehtiyoji rang-barangdir. Ularni 
quyidagicha tasniflash mumkin:
— 
biologik ehtiyoj: oziq-ovqat, havo, kiyim-kechak, harakat 
va h. k.larga bo‘lgan talab;
— 
ijtimoiy ehtiyoj: ijtimoiy faollik, shaxsning jamiyatda o‘z 
o‘rnini izlashi va h.k;
— ma’naviy ehtiyoj: tashqi dunyoni idrok etish, axborotlar 
(ilmiy, axloqiy, mafkuraviy va b.) olish.
Maslak bo‘yicha ehtiyojlar darajasi quyidagicha: fiziologik, 
xavfsizlik va muhofaza, tegishlilik va sevgi, o‘z-o‘zini qadrlash
o‘z-o‘zini faollashtirish (o‘z-o‘zini anglash).
Individuallik nima? Bu — xulq-atvorning o‘ziga xosligi 
va muayyan faoliyat turiga muvofiqligini belgilovchi shaxsning 
xususiyati. Bu shaxsning bioijtimoiy o‘ziga xosligi, uning 
takrorlanmasligi.
Ayni shu turli individual xususiyat (jo‘shqinlik)ga ega 
shaxslar bilan rahbarning ishlashiga to‘g‘ri keladi. Jo‘shqinlik 
turini bilish unga muayyan shaxsga u yoki bu faoliyat talabi 


196
bilan to‘g‘ri yondashishga, muomalaning ayni bo‘lgan shakl va 
usullarini tanlash, jamoani uyushtirishga imkon beradi.
Shaxsning mehnat va ijtimoiy sohadagi faoliyatining muhiti 
va natijasini belgilovchi individual xususiyat bo‘lib, his-hayajon 
va sezgi, uquv va aqliy faoliyat, tabiat va iroda hisoblanadi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling