O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
personalni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- G. Salye- ning
- Korxonalarda personalni shakllantirish va tashkil qilish amaliyoti
ma’naviy zamini barpo etiladi;
— mehnat musobaqasi, bu — kasbiy musobaqalashuv, malaka oshirishda kuchli omil sanaladi. Boshqaruv tarbiyasining bu shakli turli tanlovlar, ratsionalizatorlik takliflari va h. k.lar yordamida amalga oshiriladi; — boshqaruvda ishtirok etish — boshqaruvga oid qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga oddiy xodimlarni jalb etish (boshqaruv qarori loyihasini jamoa bo‘lib muhokama qilish, ijro faoliyatida jamoatchilik asosida qatnashishi va h.k.). Rahbar xodimga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatar ekan, G. Salye- ning quyidagi so‘zlarini yodda tutish foydadan xoli emas: «Shuni unutmangki, hamma uchun mos andoza yo‘q. Biz, hammamiz — turli toifadamiz va muammolarimiz ham turlicha». Shaxsning ijtimoiy-psixologik sifati Inson – ijtimoiy, jamoaviy mavjudot. Avloddan — avlodga genetik yo‘l bilan o‘tadigan (suyak suradigan) va har bir shaxsda turlicha boshlang‘ich imkoniyat 200 asosida rivojlanuvchi individual-psixologik sifatdan farqli o‘laroq, ijtimoiy psixologik sifat ijtimoiy orttirilgan (yuzaga chiqqan) holat hisoblanadi. Bular jamiyatning turmush tarzi, shaxs atrofidagi odamlar va o‘zini rivojlantirish uchun olib borgan faoliyat ta’sirida shakllanadi. Quyidagilar shaxsning ijtimoiy-psixologik sifatlari hisoblanadi: ijtimoiy-sezgi, ko‘zlangan qadriyatlar, ijtimoiy mezon, ishtiyoq, umidvorlik, qiliqlar, shaxs «ma’naviy jamg‘arma»si. Rahbarning shaxs individual-ruhiy va ijtimoiy-ruhiy sifatini bilishi kadrlar muammosini hal etishida, xodimlar kasbiy muvofiqligini belgilashida qo‘l keladi. Korxonalarda personalni shakllantirish va tashkil qilish amaliyoti Korxona personali korxonada band bo‘lgan hamma xodimlarning shaxsiy tarkibini o‘z ichiga olib unga ishchilar, rahbarlar va yollanma ishchilar bilan bir qatorda korxona egalari va mutaxassislar ham kiradi. Xodimlarning turli toifalari bo‘yicha solishtirma salmog‘i korxona personalining kasbiy funksional va sotsial tarkibini namoyish etadi. Korxonalarda personalning kasbiy tarkibi mutaxassislar va ishchilarning kasbiy guruhlarini tarkibi hamda solishtirma farqi bilan aniqlanadi. Mutaxassislarning kasbiy guruhlariga: agronomlar, arxivariuslar, arxitektorlar, kutubxonachilar, shifokorlar, geologlar, konchilar, hujjatshunoslar, jurnalistlar, zootexniklar, muhandislar, tijoratchilar, idora xodimlari, melioratorlar, metallurglar, kichik tibbiy xodimlar, o‘qituvchilar, madaniyat xodimlari, texniklar, texnologlar, tovarshunoslar, savdo agentlari, menejerlar, chizmachilar, iqtisodchilar, yuristlar kiradi. Ishchilarning kasbiy guruhiga bir necha kasb-hunar egasi bo‘lgan ishchilar (avtomatchilar, apparatchilar, sozlovchilar, 201 asosida rivojlanuvchi individual-psixologik sifatdan farqli o‘laroq, ijtimoiy psixologik sifat ijtimoiy orttirilgan (yuzaga chiqqan) holat hisoblanadi. Bular jamiyatning turmush tarzi, shaxs atrofidagi odamlar va o‘zini rivojlantirish uchun olib borgan faoliyat ta’sirida shakllanadi. Quyidagilar shaxsning ijtimoiy-psixologik sifatlari hisoblanadi: ijtimoiy-sezgi, ko‘zlangan qadriyatlar, ijtimoiy mezon, ishtiyoq, umidvorlik, qiliqlar, shaxs «ma’naviy jamg‘arma»si. Rahbarning shaxs individual-ruhiy va ijtimoiy-ruhiy sifatini bilishi kadrlar muammosini hal etishida, xodimlar kasbiy muvofiqligini belgilashida qo‘l keladi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling