O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Mohiyat bo‘yicha qiziqtirish nazariyalari


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Mohiyat bo‘yicha qiziqtirish nazariyalari ehtiyoj deb 
nomlanuvchi, insonlarni boshqacha emas, balki xuddi shunday 
harakat qilishga undaydigan ichki qiziqishlarni aniqlashga 
asoslangan. Ushbu guruhga Abraxam Maslou, Devid Mak-
Klelland va Frederik Gersberg, Skinner Bernard nazariyalari 
taalluqlidir.
Jarayon bo‘yicha qiziqtirish nazariyalari zamonaviyroq 
bo‘lib, inson faoliyati modellariga asoslanadi, (kutish nazariyasi, 
adolat nazariyasi va Porter-Louler qiziqtirish modeli).
Ushbu ikki guruh nazariyalari bir-birini istisno etmaydi, 
balki o‘z muayyan qo‘llanish sohalariga ega. Ular mohiyatini 
chuqurroq anglash uchun tagzaminli tushunchalar — ehtiyoj va 
rag‘batlantirishning mohiyatini bilish kerak bo‘ladi.
Ehtiyojlarni ushlab ko‘rish yoki o‘lchash mumkin emas. Ular 
to‘g‘risida insonlarning xatti-harakatlari orqali tasavvur hosil 
qilish mumkin. Ehtiyojlar faoliyat uchun qiziqish uyg‘otadi.
Qiziqtirish nazariyasida rag‘batlantirish — inson o‘zi 
uchun qimmatli hisoblagan hamma narsa muhim hisoblanadi. 


207
3.2-chizma. Yaxshiroq mehnat qilishga undovchi omillar
Insonlarning xatti-harakatlari va bu xatti-harakatlarni 
uyg‘otuvchi qiziqishlarni turli modellarda keltirish mumkin. 
Ulardan biri 3.3-chizmada tasvirlangan
3.3-chizma. Ehtiyoj orqali aniqlanadigan qiziqish modeli
Insonlar da qimmatlilik tushunchasi turlicha, shuning 
uchun rag‘batlantirishni baholash ham ularda bir-birlarinikidan 
farqlanadi. Rag‘batlantirishning ikki turi mavjud:
Ichki rag‘batlangirishni ishning o‘zi beradi. Bunga mehnat 
jarayonidan qoniqish hosil qilish hissi, ko‘zlangan natija yoki 


208
maqsadga erishish, mehnatning ijtimoiy ahamiyatini anglash 
va shu asosda o‘z o‘zidan g‘ururlanish kiradi. Ish jarayonida 
xodim o‘z ehtiyojini o‘zi kabilar, ya’ni boshqa kishilar bilan 
munosabatda bo‘lish orqali qondiradi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling