O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Tashqi rag‘batlantirish korxona, tashkilot tomonidan 
beriladi. Ish haqi, martabaning yuqorilashuvi, hamkasblar, 
rahbarlar tomonidan bildiriladigan maqtovlar va e’tiroflar, 
qo‘shimcha to‘lovlar, qo‘shimcha ta’tillar, xizmat avtomobili
mukofotlar — shular sirasiga kiradi.
Mohiyat bo‘yicha qiziqtirish nazariyalariga quyidagilarni 
keltirish mumkin.
S. Bernard nazariyasi. Ushbu nazariyaga muvofiq:
Korxona mehnat jamoasi a’zolari bo‘lgan shaxslar o‘zaro 
bir birlariga bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatadigan tizimni tashkil 
etadi.
Korxona o‘z mehnat jamoasi a’zolariga rag‘batlantirish 
orqa li ta’sir ko‘rsatadi, ana shu rag‘batlantirish hisobiga xodim-
lar korxona maqsadlariga erishish uchun o‘zlaridan talab qilina-
digan mehnat ulushini qo‘shadilar.
Xodimlarni rag‘batlantirish ularning korxonaga qo‘shayotgan 
hissalariga mos kelsa yoki bu hissadan ortiq bo‘lsagina ularning 
mehnat samaradorligi yuqori bo‘ladi.
A. Maslou nazariyasi qiziqtirishning eng mashhur nazariyasi 
hisoblanadi. Bu nazariyaga asosan, insonlar hamisha qandaydir 
narsaga ehtiyoj sezadilar. Ehtiyojlar birlamchi va ikkilamchi, 
besh darajali bo‘ladi, (3.4-chizma).Ehtiyojlar qondirilmagan 
bo‘lsa, u insonni faoliyatga undaydi, qondirilgan ehtiyojlar esa 
insonlarda qiziqishni so‘ndiradi. Birorta ehtiyoj qondirilgan 
bo‘lsa, uning o‘rnini boshqa ehtiyoj egallaydi. Odatda, inson 
birdaniga bir necha narsaga ehtiyoj sezadi. Piramidaning 
pastki qismidagi ehtiyoj, birinchi navbatda, qondirilishi talab 
etiladi. Quyi darajadagi ehtiyojlar qondirilgandan so‘ng, yuqori 


209
darajadagi ehtiyojlar insonga kuchliroq ta’sir ko‘rsata boshlaydi. 
Yuqori darajadagi ehtiyojlarni quyi darajadagi ehtiyojlarga 
qaraganda ko‘proq vositalar orqali qondirish mumkin.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling