O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Qisqacha xulosalar
Personalni boshqarishning zarur obyekti — korxona va 
tashkilotning ijtimoiy muhitini rivojlantirishdir.
Ijtimoiy muhit korxona va tashkilot faoliyati va iqtisodiy 
tomonlari bilan uzviy ravishda o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular 
birgalikda bir butunlikni tashkil etadi.
Korxonaning ijtimoiy rivojlanishi — personalning ijtimoiy 
tuzilishini takomillashtirish, ishlab chiqarish jarayonida mehnat 
sharoitlarini yaxshilash, samarali mehnatni, jamoada sog‘lom 
vaziyatni yaratish, xodimlarning ijtimoiy sug‘urtalanishini 
ta’minlash, har bir xodimning oilasi turmush darajasini ta’minlash 
rivojlanishni boshqarish-korxona va tashkilot imkoniyatlaridan 
oqilona foydalanishga, uning asosiy maqsadlariga erishishga 
bo‘ysundirilishni taqozo etadi.
Korxona va tashkilotlar ijtimoiy muhiti asosiy omillariga 
kor xona potensiali, uning infratuzilmasi; ish sharoitlari va meh-
natni muhofaza qilish; xodimlarning ijtimoiy himoyalangan ligi
jamoadagi ijtimoiy-ruhiy vaziyat; mehnatni moddiy rag‘bat-
lantirish va oila budjetlari; dam olishdan samarali foydalanish 
va shu kabilar kiradi.
Ijtimoiy infratuzilmalar va ularning obyektlari umumlashgan 
uy-joy fondi, tibbiyot va davolash profilaktika muassasalari; 
ta’lim va madaniyat obyektlari; savdo va umumiy ovqatlanish; 
maishiy xizmat ko‘rsatish; sport inshootlari; jamoa, dala hovli 
hamda bog‘dorchilik– mevachilik shirkatlari va boshqalar 
hisoblanadi.
Ijtimoiy ruhiy vaziyat — korxona va tashkilot xodimlariga 
ta’sir qiluvchi ko‘pgina omillar yig‘indisining jamlangan 
mahsulining ko‘rinishidir. U mehnat qilish jarayonida, 
xodimlarning muomalasida, ularning shaxslararo va guruhiy 
aloqalarida o‘z ifodasini topadi.
Jamoaning ijtimoiy-ruhiy vaziyati uch asosiy tarkibiy qism-
dan— xodimlarning ruhan mos kelishi, ularning ijtimoiy intilishi, 


222
axloqiy tarbiyalanganligidan iborat. Korxona va tashkilotning 
ijtimoiy rivojlanishiga bevosita ijtimoiy muhit shart-sharoitlari 
bilan bir qatorda umumiy omillar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy rivojlanishning umumiy omillariga jamiyatning 
ijtimoiy — iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy holati ham kiradi.
Korxona va tashkilotlarda, aniq shart-sharoitlardan kelib 
chiqqan holda, ijtimoiy rivojlanishni boshqarish yo tashkilot 
rahbariyati yoki ishga maxsus vakil qilib tayinlangan shaxslarga 
yoxud muayyan vazifalarni bajaruvchi alohida bo‘linmalarga 
yuklatiladi. Ular ham personalni boshqarish tizimining bir qismi 
hisoblanadi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling