O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


IV BOB. PERSONAL MEHNAT KO‘RSATKICHLARI


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

IV BOB. PERSONAL MEHNAT KO‘RSATKICHLARI 
TAHLILI VA UNDA QO‘LLANILADIGAN
AXBOROT MANBALARI
4.1. Personal faoliyati bo‘yicha hujjat ishlarini yuritish
Personalni boshqarish samaradorligi bu tizimda 
hujjatlarni rasmiylashtirish, ular bilan ishlash, mazkur xizmatda 
ish yuritishni oqilona tashkil etishga ham ko‘p jihatdan 
bog‘liqdir.
Har bir korxona va tashkilotning personalni boshqarish 
xizmati xodimlaridan amaldagi qonunchilik me’yorlarini 
chuqur bilishlari, ularga qat’iy amal qilishlari talab qilinadi. 
Bugungi kunda korxona va tashkilotlar faoliyati turli sohalarini 
muvofiqlashtirishga qaratilgan huquqiy me’yorlarning eng 
asosiylari qatorida quyidagilarni keltirish mumkin:
— 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
— 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari;


224
— 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, 
farmoyishlari, qarorlari;
— 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari 
va farmoyishlari;
— 
vazirlik va idoralarning me’yoriy hujjatlari. Korxona va 
tashkilotlarning personalni boshqarish xizmatlari o‘z faoliyatida
ayniqsa, ish yuritishda O‘zbekiston Respublikasining quyidagi 
qonunlariga qat’iy amal qilishlari talab qilinadi:
— 
Davlat tili to‘g‘risida;
— 
Standartlashtirish to‘g‘risida;
— 
Arxivlar to‘g‘risida;
— 
Elektron imzo to‘g‘risida.
Personalni boshqarish xizmatida ish yuritishni to‘g‘ri tashkil 
etish, ayniqsa, muhimdir.
Ish yuritish atamasi ilmiy muomalaga va ma’muriy ama-
liyotga XVIII asrning ikkinchi yarmidan kirib kelgan bo‘lib, 
qaror qabul qilish yoki «ish yuritish» bilan bog‘liq faoliyatni 
anglatadi. Hozirgi vaqtda ish yuritish korxona, tashkilot, muas-
sasa ma’muriy boshqaruv faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanib
hujjatlashtirish hamda rasmiy hujjatlar bilan ishlashni, hujjat-
axborot bazasini tashkil etishni anglatadi.
XX asr oxiriga kelib, ilmiy adabiyotda «ish yuritish» 
tushunchasining sinonimi sifatida «boshqaruvni hujjatlar bilan 
ta’minlash» atamasi qo‘llanila boshlandi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling