225
uchun zarur bo‘lgan axborotlarni belgilab qo‘yilgan talablar va
me’yorlar asosida rasmiylashtirishni anglatadi.
Hujjatlashtirish jarayoni davomida huquqiy
kuchga ega
bo‘lgan hujjat (lotincha «documentum» — «shaxodat»,
«isbot») so‘zidan yuzaga keladi. Boshqaruvga yuklatilgan
funksiyalar ifodasini ta’minlashning vositasi bo‘lgan hujjatda
boshqaruv faoliyatining barcha shakl va usullari o‘z
ifodasini
topadi. Hujjatni rasmiylashtirishda uning huquqiy kuchga ega
bo‘lishini ta’minlovchi majburiy axborot elementi
rekvizitdir.
Hujjat rekvizitlari, odatda, davlat standartlari bilan aniq belgilab
qo‘yiladi.
Hujjatning huquqiy kuchi rasmiy hujjat xususiyati hisob-
lanib,
u amaldagi qonunchilik, mazkur hujjatni chiqargan organ
vakolati hamda hujjatning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi
orqali ta’minlanadi.
Ish yuritishning yana bir muhim tarkibiy
qismi hujjatlar bilan
ishlashni tashkil etish, ya’ni hujjat aylanishini,
uni saqlash va
boshqaruvning joriy faoliyatida hujjatlardan foydalanish tizimini
yaratishdir.
Korxona, tashkilot,
muassasada hujjat aylanmasi, deb
hujjatlar yaratilgandan yoki kelib tushgandan boshlab, bu
hujjatlarda ko‘zda tutilgan topshiriqlar ijrosi ta’minlangunga
qadar harakat bilan bog‘liq jarayon tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: