O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Hujjatlarni saqlash tizimiga qoida bo‘yicha hujjatlarni saq-
lash, izlash, korxona, tashkilot joriy faoliyatida ulardan foyda-
lanishga qaratilgan hisobga olish va tartibga solish vositalari 
majmuasi kiradi.
Personalni boshqarish tizimining ish yuritish asosiy 
funksiya lariga quyidagilar kiradi:
— 
kadrlar masalalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish;
— 
kelib tushayotgan va yetkazib berilayotgan hujjatlar bilan 
ish olib borish;
— 
hujjatlarni ijrochilarga belgilangan muddatda yetkazib 
berilishini ta’minlash;


226
— 
personal bo‘yicha shaxsiy hujjatlarni ro‘yxatga va 
hisobga olish, saqlash;
— 
mazkur korxona yoki tashkilot uchun belgilab qo‘yilgan 
tartibda xodimlar shaxsiy ishlarini shakllantirish;
— personalga oid hujjatlar ijrosini nazorat qilish. Korxona 
va tashkilotda hujjatlar aylanmasiga qarab, ish yuritishni
markazlashtirilgan (alohida bo‘linma — umumiy bo‘lim, 
kotibiyatda) yoki markazlashtirilmagan (tarkibiy bo‘linmalar 
yoki xizmatlarda) holda yo‘lga qo‘yish mumkin. Amaliyotda, 
ko‘pincha, bu ikki shakldan ham (boshqaruvni hujjat bilan 
ta’minlash bo‘yicha eng muhim hujjatlar bilan alohida 
bo‘linmada markazlashtirilgan holda, boshqa hujjatlar bilan esa, 
tarkibiy bo‘linma va xizmatlarda) aralash holda foydalaniladi. 
Personalni boshqarishda hujjatlashtirishning quyidagi tizimlari 
mavjuddir:
1. Tashkiliy-farmoyish tizimi. Bu tizim tarkibiga 
quyidagilar kiradi:
— 
tashkiliy hujjatlar (nizom, qoidalar, yo‘riqnomalar);
— 
farmoyish hujjatlari (qaror, buyruq, farmoyish);
— 
ma’lumot-axborot hujjatlari (holatlar, xizmat yozish-
malari, tushuntirish xati, ma’lumotlar, arizalar, taqdimnomalar, 
bayonnomalar va xokazolar);
— 
personal bo‘yicha hujjatlar (xodimlar bo‘yicha buyruqlar
mehnat shartnomasi, shaxsiy varaqa, mehnat daftarchasi. Anketa, 
tarjimai hol, tavsiyanoma, pensiya hujjatlari bo‘yicha hujjatlar);
— 
fuqarolar murojaatlari bo‘yicha hujjatlar.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling