O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Reja hujjatlari (kadrlar masalalari bo‘yicha reja topshiriq-
lari yoki mutaxassislarga buyurtmalar, xodimlar soni, ular 
mehnatiga haq to‘lash, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka 
oshirish bo‘yicha rejalar).
Hisobot-statistika hujjatlari (xodimlar soni, ish vaqti 
ba lansi, ish haqi, mehnat unumdorligi, ishdan bo‘shatish va 
hokazolar bo‘yicha statistika hisobotlari).


227
Ijtimoiy ta’minot bo‘yicha hujjatlar (nafaqalar, imtiyozlar, 
ijtimoiy sug‘urta va hokazolarga oid hujjatlar).
Personalni boshqarish xizmatining har bir bo‘linmasi 
hujjatlarni o‘z funksiyalariga asosan yaratadi, rasmiylashtiradi 
va ijrosini ta’minlaydi. Bu hujjatlarning aksariyati korxona yoki 
tashkilot ichkarisida foydalanishga mo‘ljallanganligi sababli ular 
bilan ishlash tartibi ichki nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalarda 
belgilab qo‘yiladi.
Personal bilan ishlash xizmatining tashkiliy-kadrlar huj-
jatlari mavjud bo‘lib, ular korxona va tashkilot tarkibi, shtatlar 
jadvali, personal to‘g‘risidagi nizom, xizmat yo‘riqnomasi, ichki 
ish tartibi qoidalaridan iboratdir.
Korxona va tashkilot tarkibi alohida hujjat shaklida ras-
miy lashtirilib, unda barcha tarkibiy bo‘linmalar, lavozimlar 
nom lanishi va har bir lavozim bo‘yicha shtat birliklari miqdori 
ko‘rsatiladi.
Shtatga muvofiq shtatlar jadvali ishlab chiqiladi. Shtatlar 
jadvalida personal lavozimlari va miqdori, ish haqi fondi 
qayd etilgan bo‘ladi. Shtatlar jadvali korxona yoki tashkilot 
blankida rasmiylashtirilib, unda quyidagi rekvizitlar: korxona 
yoki tashkilotning nomlanishi, hujjatning nomlanishi, u 
rasmiylashtirilgan sana, tartib raqami, manzil ko‘rsatiladi 
hamda rahbar imzosi va muhr bo‘ladi. Shtatlar jadvali jadval 
tarzida bo‘lib, unda korxona yoki tashkilot tarkibiy bo‘linmalari, 
xizmatlari, lavozimlar, shtat birliklari miqdori, O‘zbekiston 
Respublikasi Yagona tarif setkasiga muvofiq mehnatga haq 
to‘lash razradlari, tarif koeffitsiyentlari, ustamalar va qo‘shimcha 
to‘lovlar, ish haqi yillik fondi ko‘rsatiladi.
Shtatlar jadvali korxona yoki tashkilot tomonidan mustaqil 
ravishda tuziladi va belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling