O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Personal to‘g‘risidagi nizomda korxona yoki tashkilotdagi 
mehnat va kadrlar munosabatlari, xodimlar mehnat sharoitlari 
shartlari qayd etiladi. Mazkur nizom mehnat jamoasi faoliyatini 


228
tashkil etishning asosiy masalalari: xodimlar mehnatiga haq 
to‘lash, ta’tillar berish, xizmat safarlari, yangi ish joyiga 
o‘tkazish, ishdan bo‘shatish, rag‘batlantirish va intizomiy 
jazo berish tartibi, xodimlar hamda rahbariyatning huquq va 
majburiyatlari, personalni boshqarishga oid boshqa masalalarni 
qamrab oladi.
Personal to‘g‘risidagi nizom korxona yoki tashkilot rahba-
riyati tomonidan tasdiqlanadi va zarurat bo‘lsa, mehnat jamoasi 
vakillari bilan kelishiladi.
Xizmat yo‘riqnomasi xodimning tashkiliy-huquqiy ma-
qomi, uning funksiyalari, huquq va majburiyatlari, mas’uli-
yatini belgilab qo‘yish hamda uning samarali faoliyat ko‘rsatishi 
uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan, korxona 
va tashkilot tomonidan chiqarilgan me’yoriy-huquqiy hujjatdir. 
Xodim bilan mehnat shartnomasi mazkur xizmat yo‘riqnomasi 
asosida tuziladi.
Xizmat yo‘riqnomasida, odatda, umumiy qoidalar, xodimning 
vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, mas’uliyati va boshqa 
qator huquq va majburiyatlar qayd etiladi. Unga shuningdek
mansabdor shaxslar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini 
muvofiqlashtiruvchi hisobotlar, rejalar, ma’lumotlar, boshqa 
hujjatlarni taqdim etish tartibi, muddatlari ko‘rsatiladigan 
moddalar ham qo‘shilishi mumkin.
Korxona yoki tashkilot tarkibiy bo‘linmasining rahbari yangi 
xodim ishga qabul qilingandan so‘ng, uni xizmat yo‘riqnomasi 
bilan tanishtirishi shart. Xodim xizmat yo‘riqnomasi bilan 
tanishganligi muddatini ko‘rsatib, uni imzolashi zarur.
Ichki ish tartibi qoidalari yo‘riqnoma tusidagi hujjat bo‘lib, 
undan mehnat intizomini mustahkamlash, mehnat faoliyatini 
takomillashtirish, ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadi 
ko‘zlanadi. Mazkur hujjat, odatda, quyidagi moddalardan iborat 
bo‘ladi:
1. Umumiy qoidalar.


229
2. Xodimni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish tartibi.
3. Xodim huquqlari.
4. Xodim majburiyatlari.
5. Ma’muriyatning asosiy huquq va majburiyatlari.
6. Ish vaqti.
7. Xodimlarni rag‘batlantirish tartibi.
8. Xodimlar mas’uliyatlari.
Personalni boshqarish xizmatining farmoyish hujjatlari 
buyruq, farmoyish, qaror shaklida rasmiylashtiriladi.
Buyruq korxona yoki tashkilot faoliyati eng muhim tezkor 
masalalarini hal etish maqsadida rahbar yoki uning vazifasini 
bajaruvchi tomonidan yakka tartibda chiqariladigan me’yoriy 
hujjat hisoblanadi.
Personalni boshqarish xizmati farmoyish hujjati hisoblangan 
quyidagi buyruqlar chiqarishi mumkin:
— 
shtatlar jadvaliga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida;
— 
rahbar o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash 
to‘g‘risida;
— 
xodimlarga har yillik haq to‘lanadigan ta’tillar berish 
tartibi va muddatlari to‘g‘risida;
— 
ishga qabul qilish, yangi lavozimga tayinlash, boshqa 
ishga o‘tkazish, ishdan bo‘shatish to‘g‘risida;
— 
qo‘shimcha (o‘quv) ta’tili, navbatdagi ta’tildan chaqirib 
olish to‘g‘risida;
— 
to‘liqsiz ish haftasi, to‘liqsiz ish kuni o‘rnatish to‘g‘risida;
— 
jazolash to‘g‘risida;
— 
malaka razryadi berish to‘g‘risida;
— 
xizmat safariga yuborish to‘g‘risida va hokazolar.
Buyruq korxona yoki tashkilot rasmiy blankida qayd etiladi 
va unda quyidagi rekvizitlar bo‘lishi talab etiladi:
— 
yuqori tashkilot nomlanishi;
— 
hujjat muallifi — korxona yoki uning bo‘linmasi 
nomlanishi;


230
— 
hujjat turining nomlanishi;
— 
hujjat chiqarilgan sana va tartib raqami;
— 
hujjat qabul qilingan manzil;
— 
sarlavha;
— 
imzo.
Qoida bo‘yicha xodimlar hamda korxona yoki tashkilot 
asosiy faoliyati bo‘yicha buyruqlar alohida-alohida tartib 
raqamlari bilan chiqariladi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling