O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Farmoyish kundalik ma’muriy, moliyaviy, ishlab chiqarish-
xo‘jalik masalalari bo‘yicha rahbar tomonidan yakka tartibda 
chiqariladigan huquqiy xujjat hisoblanadi. U joriy tezkor 
masalalar bo‘yicha qabul qilinishi sababli, amal qilish muddati, 
odatda, cheklangan bo‘ladi.
Farmoyishlarni chiqarishga xuddi buyruqlarni tayyorlash 
talablar qo‘yiladi. Faqat mazkur hujjatda buyruqdagi 
«buyuraman» so‘zi o‘rniga «zimmasiga yuklayman», 
«tavsiya etaman», «taklif etaman», «zarur deb hisoblayman» 
so‘zlari ishlatiladi.
Farmoyish faqat farmoyish berish qismidan iborat bo‘lib, 
uning matni qoida bo‘yicha quyidagilarni qamrab oladi:
— 
ijrochilarga aniq topshiriqlar;
— 
mas’ul ijrochining ismi-sharifi;
— 
ijro etish muddati.
Qaror ijtimoiy mehnat, ishlab chiqarish-kadr, xo‘jalik 
masalalari bo‘yicha qabul qilinadigan kollegial organ hujjatidir. 
Uni tuzish uchun talablar farmoyish hujjatlariga oid talablar kabi 
bo‘lib, faqat unda «qaror qilindi», «qaror qiladilar» so‘zlari 
ishlatiladi. Qaror kollegial organ rahbari va a’zolari yoki rahbar 
hamda kotib tomonidan imzolanadi.
— 
Ma’lumot-axborot hujjatlarida topshiriqlar berilmay-
di. Ularning asosiy vazifasi boshqaruv tizimidagi ishlarning 
amaldagi ahvolidan xabardor qilish, boshqaruv qarorlari qabul 
qilishga qaratilgan ma’lumotlarni taqdim etish, boshqara digan 
va boshqariladigan tuzilmalar o‘rtasidagi aloqani ta’min-


231
lashdir. Agar tashkiliy-farmoyish hujjatlari yuqoridan past ga 
yo‘nal tiriladigan bo‘lsa, ma’lumot-axborot hujjatlari, aksin-
cha, pastdan yuqoriga (tarkibiy bo‘linmadan korxona yoki 
tashki lot rahbariyatiga) yoki gorizontal yo‘nalishda (tarkibiy 
bo‘lin malararo va xizmatlararo, mansabdor shaxslar o‘rtasida) 
harakatda bo‘ladi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari asosan quyidagilardan iborat:
— 
xizmat yozishmasi;
— 
ariza;
— 
taqdimnoma;
— 
bayonnoma;
— 
tushuntirish xati;
— 
telegramma;
— 
teleks;
— 
telefonogramma;
— 
faksogramma;
— 
elektron xabar va hokazolar.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling