O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
personalni boshqarish
Davlat axborot resurslari foydalanilishiga qarab:
— bazaviy axborot resurslariga; — maxsus axborot resurslariga bo‘linadi. Barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularga berilgan vakolatlar doirasida umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan axborot resurslari bazaviy davlat axborot resurslari hisoblanadi. Bazaviy davlat axborot resurslari tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi davlat axborot resurslari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari bo‘yicha, O‘zbekistonning tabiiy resurslari bo‘yicha, davlat organlarining 237 veb-saytlari bo‘yicha, umumiy foydalanadigan boshqa axborot resurslari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi kiradi. Davl a t organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning tor kasbiy, o‘ziga xos vazifalarini hal etishga mo‘ljallangan, foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslari maxsus davlat axborot resurslari hisoblanadi. Maxsus davlat axborot resurslari tarkibiga: — idoralar, hududiy boshqaruv va hokimiyat organlarining; — davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan yuridik va jismoniy shaxslarning; — yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari va maxfiy axborotga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan axborot resurslari kiradi. Davlat axborot resurslarini shakllantirishda: — taqdim etiladigan axborotning ishonchliligi va to‘liqligi; — jismoniy va yuridik shaxslarning axborotdan foydalanish erkinligiga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish; — axborot xavfsizligi; — axborotning davlat organlari tomonidan foydalanish uchun shart-sharoitlari; — davlat axborot resurslarining axborot-texnologik mosligi; — davlat axborot resurslarini arxivlashtirish tizimi ta’minlanadi. Personal boshqarilishini axborotlashtirishga tizimli yondashuv talab etiladi. Bunday yondashuv quyidagi bosqichlardan iboratdir: — personalni boshqarish jarayonlarini axborotlashtirishni loyihalashdan avval tadqiq etish; — personalni boshqarishni avtomatlashtirish va kompyu- terlash tizimini loyihalash; — tizim yaratilishini tegishli texnik vositalar bilan ta’min- lash; — tizimni sinab ko‘rish, tegishli o‘zgartirishlar kiritish, per sonalni boshqarishni ta’minlash, avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish 238 — personalni boshqarish xizmati xodimlarini avtomatlash- tirilgan tizimda ishlashga o‘rgatish, ularni tegishli yo‘riqnomalar va uslubiy materiallar bilan ta’minlash. Ana shu bosqichlarning dastlabkisi — loyihalashdan avval tadqiqotlar o‘tkazishda quyidagi masalalarni chuqur tahlil etib chiqish talab etiladi: — personalni boshqarish xizmati funksiyali tarkibi va uning axborot faoliyati; — mavjud axborot resurslari ; — axborot ehtiyojiga ega axborot oqimlari; — axborot oqimlarini avtomatlashtirish imkoniyatlari va uning maqsadga muvofiqligi. 4.1-chizma. Personalni boshqarish va buxgalteriya hisobini Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling