O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


-jadval An’anaviy prinsiplar: Zamonaviy prinsiplar


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

1.4.-jadval
An’anaviy prinsiplar: Zamonaviy prinsiplar:
· Shaxs axloqi, mulkiy huquq, 
mustaqil qarorlar;
· ijtimoiy axloqni rivojlantirish, bunda 
mahalliy jamiyatga, jamoaning ishtirok 
etishi va javobgarligi, shaxsiy farovonlikka 
ijtimoiy madaniy ta’sir ko‘rsatish;
· shaxsiy manfaat va har kimning 
ravnaq topishi – yanada yuqoriroq 
ijtimoiy farovonlik garovidir;
· kelishilgan ijtimoiy harakatlarning 
zarurligi;
· mehnat taqsimoti va 
ixtisoslashuv yo‘li bilan 
farovonlikni yuksaltirish;
· insonning qoniqishi nuqtai nazaridan 
ixtisoslashuv chegarasini anglab yetish;
· korxona xo‘jalik birligi sifatida;
· ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo‘lgan 
korxonaning tashkil etilishi;
· foydani ko‘paytirish – birdan-bir 
maqsad sifatida;
· foyda olish bosh maqsaddir, lekin ijtimoiy 
maqsadlarni tushunish ham ortib 
bormoqda. Ko‘p maqsadli qoniqish hosil 
qilish;
· foydali va samara beradigan 
iqtisodiy yutuqlarga ko‘proq 
e’tibor berish;
· foydali, samarali narsalarga e’tibor berish 
va ishtirokchilarning qanoat hosil qilishi;
· yopiq tizim sifatida korxona 
tashkil etish;
· ochiq tizim sifatidagi, atrof-muhit bilan 
ta’sirga kirishadigan korxona tashkil etish;
· faqat bozorga va raqobatchi 
muhitga javob berish;
· ko‘pgina manfaatdor guruhlar va ijtimoiy 
kuchlarga javob berish;
· hukumat faoliyatiga hukumat 
nuqtai nazaridan yondashish
· ijtimoiy maqsadlarga muvofiq 
hukumatning rolini tushunish;
· inson tabiatdan foydalanishga va 
unga hukmron bo‘lishga intiladi.
· hayot tabiat bilan uyg‘unlikda kechadi va 
unga bo‘ysunadi.
Texnik kichik tizim qattiq hisoblanadi, chunki uning 
harakatlari (ya’ni, boshqaruv obyektining boshqaruv organidan 


32
oladigan maqsadni amalga oshirishga doir buyruqlar, 
programmalarga javobi) oldindan belgilab qo‘yilgan va yuqori 
darajada nazorat qilinadigan bo‘ladi. Odatda, bu tizim xuddi 
kibernetika tizimiga o‘xshab ketadi. Bunga konveyer usuli 
misol bo‘lishi mumkin. Bu qattiq tizimning mohiyati avtomat 
liniyalarda ancha yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Odamlarning olinayotgan komandalarga javobi va xatti-
harakati bir xilda bo‘ladi va aniq natijalar beradi, chunki kishi-
larning ishlab chiqarish vazifalari faqat mexanika qonunlari 
bi lan emas, balki ruhiy holatlar bilan ham belgilanadi. Ushbu 
qonun lar ta’sirini hisobga olmasdan turib, ijtimoiy tizimlarni 
bosh qarish samarli bo‘lmaydi. Shu sababdan, texnik tizimlarga 
qara ma-qarshi o‘laroq, ijtimoiy tizimlar yumshoq tizimlar, deb 
ataladi.
Insoniy yoki ijtimoiy tizim mazkur korporatsiyada ishlovchi, 
ishlab chiqarish uchastkalari va funksional operatsiyalar bo‘yicha 
guruhlarga bo‘lingan barcha kishilarni qamrab oladi. Bunday 
uchastkalarga va operatsiyalarga ma’muriy-kommunikativ, 
farmoyish berish — ijro etish, iqtisodiy, yuridik, o‘ta shaxsiy, 
axloqiy va psixologik aloqa shakllari kiradi. Xoh alohida 
olingan shaxs bo‘lsin, xoh har qanday kishilar uyushmasi
brigada, laboratoriya, kasaba uyushmasi, shuningdek, umuman, 
korporatsiya bo‘lsin, ular o‘z qiziqishlari, birinchi navbatda, 
moddiy, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlariga ega bo‘ladi. Ayrim 
kishilar manfaatlari bilan korporatsiya manfaatlarini bir-biriga 
bog‘lash, uning strategik maqsadlari bilan muvofiqlashtirish 
menejmentning eng muhim va ancha murakkab vazifasi hi-
soblanadi. Firmaning muvaffaqiyatli ishlashi ana shu vazifaning 
yaxshi ado etilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Korporatsiyaning tashkiliy tuzilishida ijtimoiy tizimga ayrim 
ma’muriy bo‘linmalar (guruh, bo‘lim, departament) to‘g‘ri 
keladi. Bu yerda faqat nom va miqyosning o‘zi emas, balki inson 


33
resurslarini o‘rganish va ularni boshqarish sohasidagi bunday 
ixtisoslashgan guruhning ajratib ko‘rsatilishining o‘zi ham katta 
ahamiyatga egadir.
Korxona va tashkilot sotsiotexnik tizim bo‘lganligi sababli, 
faqat bir element ustida ishlash bilan yaxshi umumiy natijaga 
erishib bo‘lmaydi.
Tashkiliy muhitning murakkablashuvi, korxona va tashkilot 
a’zolarining intilishi xilma-xil va ziddiyatli bo‘lib borgani sari 
personalni boshqarishga ko‘rsatiladigan tazyiq ortib boradi. 
Afsuski, ko‘pgina tajribali kishilar hozirga qadar o‘zlarini tashkiliy 
muammolardan uzoq tutib, texnik mutaxassislarga o‘xshab 
yuradi, chunki, ular texnik programmalar va xususiy tadbirlarning 
ma’muriyatchilari bo‘lishni afzal ko‘rishadi. Biroq, hozirgi zamon 
rahbari tor metodologiyaga bog‘liq bo‘lib qola olmaydi.
Korxona va tashkilotda mavjud bo‘lgan ham jismoniy, ham 
inson resurslaridan samarali foydalanishga quyidagi yo‘llar 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling