O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Personalni shakllantirish:
personal tuzilishini
shakllantirish; 
– ehtiyojlarni aniqlash; 
personalni rejalashtirish; 
– personalni jalb qilish,
tanlash va joy-joyiga
qo‘yish; 
– mehnat shartnomalari
(kontrakt) tuzish.
Personalni 
boshqarish
Personalni barqarorlashtirish:
– personal malakasini va
ko‘nikmalarini hisobga olish; 
– ma’lumotlar bankini
shakllantirish; 
– har bir xodimning potensialini
aniqlash natijalariga baho
berish; 
– korxonada o‘qitish; 
– malaka oshirish; 
– personalni korxonadan 
tashqari qayta tayyorlash
1.4-chizma. Personalni boshqarishning tuzilish chizmasi
Personaldan foydalanish: xodimlarning kasb-malaka va 
lavozim bo‘yicha ko‘tarilishi (martabani boshqarish); doimiy 
kadrlar tayyorlash;
— 
ma’naviy-psixologik vaziyatni yaxshilash;
— 
ish o‘rinlari bilan ta’minlash.
Korxona personalini shakllantirish (rivojlantirish) alohida 
bosqich bo‘lib, bu jarayonda uning innovatsiya potensiali va 
yanada rivojlanishiga asos yaratiladi. Ushbu bosqich yangi 
korxonaning hayot tarzida nihoyatda muhim hisoblanadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy vazifalarni o‘z vaqtida va to‘liq 
hal qilishda korxona faoliyatining samaradorligi ko‘p jihatdan 
bog‘liqdir. Personal soni korxonaning ilmiy asoslangan 
ehtiyojlaridan ham o‘z tomonga, ham ko‘p tomonga o‘zgarishi 
mehnat potensialining darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Buning 
ma’nosi shuki, personalning tanqisligi ham, ortiqchaligi ham 
mehnat potensialiga bir xilda salbiy ta’sir qiladi. Chunonchi, 
personalning yetishmasligi ishlab chiqarish potensialidan yetarli 
ravishda foydalanmaslikka va xodimning haddan tashqari band 
bo‘lib qolishiga olib keladi. Personalni ortiqcha saqlash ularning 
shaxsiy potensialidan yetarli foydalanilmaslikka sabab bo‘ladi.
Shunday qilib, personalni shakllantirishning maqsadi 
— ishga solinmagan imkoniyatlar zaxirasini eng kam 


42
miqdorga keltirishdir. Unga ta’lim jarayonida potensial tarzda 
shakllantiriladigan mehnatga bo‘lgan qobiliyatlar va shaxsiy 
fazilatlarning ulardan foydalanish imkoniyatlariga mos 
kelmasligi sabab bo‘ladi.
Personalni ilmiy asoslangan tarzda shakllantirishga diqqat-
e’tiborning ortishiga sabab shuki, har qanday korxonaning 
rivojlanish jarayoni uning «hayoti» sikli tuzilishi bilan bog‘liqdir. 
U tashkil etish, o‘zlashtirish, foydalanish, yangilash, takror 
foydalanish va tugatish bosqichlariga ega bo‘ladi.
Ma’lumki, korxona hayot sikli ayrim bosqichlarining 
o‘rtacha davom etishi quyidagichadir: o‘zlashtirish bosqichi 
— 2-3 yil; qayta tashkil etish 3–4 yil; ishlab chiqarishni 
takomillashtirishdan iborat vaqti-vaqti bilan takrorlanib 
turadigan bosqich — umuman, 20 yil davom etishi mumkin.
Personalni shakllantirishni boshqarish quyidagi vazifalarni 
hal etish yo‘li bilan bu mos kelmaslikni eng kam miqdorga 
keltirishdir:
— 
ish tuzilmalari, ish o‘rinlari va personal o‘rtasidagi eng 
ko‘p muvofiqlikka erishmoq uchun turli kasb-malaka va ijtimoiy 
— demografik tavsiflarga ega bo‘lgan xodimlar soni nisbatini 
o‘rnatish;
— 
xodimlar potensialidan to‘liq foydalanish va ular 
mehnatining samaradorligini oshirish maqsadida xodimlarning 
ish bilan maksimal darajada band bo‘lishini ta’minlash;
— 
turli funksional mehnat mazmuniga ega bo‘lgan xodimlar 
tuzilishini optimallashtirish.
Bu vazifalarni hal qilishga korxonada personaldan 
foydalanishning quyidagi asosiy prinsiplari asos qilib olinishi 
mumkin: xodimlar sonining bajariladigan ishlar hajmiga 
va xodimning malakasiga, uning mehnat funksiyalarining 
murakkablik darajasiga mos kelishi; personal tuzilishi ishlab 


43
chiqarishning obyektiv omillari bilan bog‘liqligi; ish vaqtidan 
foydalanishning eng ko‘p samaradorligi; xodimlarning 
malakasini doimiy ravishda oshirib borish va ishlab chiqarish 
ixtisosligini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratilishi.
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkin. 
Korxonalar personalini shakllantirish shunday ta’minot tizimini 
ishlab chiqishni talab qiladiki, ushbu tizim ayni bir vaqtda 
kechadigan qator bosqichlarni qamrab olishi kerak:
— 
tayyorgarlik bosqichi kasbga yo‘naltirish, kasb tanlash, 
dastlabki kasb tayyorgarligi;
— 
taqsimlash bosqichi kadrlarni qabul qilish va joy-joyiga 
qo‘yish;
— 
moslashish bosqichi ijtimoiy-psixologik tuzilishni 
shakllantirish — shaxslararo aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
— 
ijtimoiy-psixologik moslashish, ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzilishni shakllantirish — kasbiy jihatdan moslashish;
Ijtimoiy tizimni boshqarish yoki personalni rejalashtirish, o‘z 
navbatida, ko‘proq quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanadi:

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling