O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Ishlab chiqarishni kadrlar bilan ta’minlash


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

1. Ishlab chiqarishni kadrlar bilan ta’minlash:
— 
kadrlar izlash va tanlash;
— 
kadrlarni o‘qitish.
2. Kadrlardan samaraliroq foydalanish uchun shart-
sharoitlar yaratish:
— 
ijodiy va innovatsion boshqarish;
— 
motivlar bilan bog‘liq omillarni boshqarish (moddiy va 
ijtimoiy-psixologik rag‘batlantirish tizimini yaratish).
3. Makroiqtisodiy boshqaruv:
— 
korporatsiyaning optimal-tashkiliy dizaynini ishlab 
chiqish;
— 
nazorat qilish shaklini tanlash va uni boshqaruv 
strategiyasi bilan bog‘lash;


44
— 
foydalaniladigan xodimlarning psixosotsial xususiyatlari 
va boshqa omillarni hisobga oluvchi markazlashgan 
(detsentralizatsiyalashgan) tizimning zaruriy darajasini belgilash;
— 
makroekonomikaning «texnika»sini ishlab chiqish, ya’ni 
boshqaruvni tashkil etishning barcha bo‘g‘inlarida personalni 
jalb etishning aniq formalarini ishlab chiqish.
Personalni boshqarish tamoyillari mazmuni va tuzilmasini 
shakllantirishda quyidagilardan kelib chiqiladi:
1. Tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bosh 
tamoyillarga kompleksli yondashuv.
2. Menejer va ijrochilarni iyerarxiya bo‘yicha taqsimlash.
3. Qiyinchiliklarga bog‘liq, boshqaruv vazifalarining qiymati 
va qaytaruvchanligi tamoyillari differensiatsiyasi.
Ijrochi boshqaruv qarorlari qabul qilinishida qatnashmaydi. 
U faqat ularning shakllanishida ishtirok etadi. Rahbarlar 
esa, boshqaruv subyekti sifatida qaror amalga oshirilishida 
nazorat hisobotini bajarishadi. Jarayonlarni tashkillashtirish
mo‘ljallashtirish va tezkor tartibga solib turish jarayoni rahbarlar, 
ijrochilar va yordamchi ishchilar bilan birgalikda amalga 
oshiriladi. Bunda yakuniy natija uchun mas’uliyat rahbarlar 
zimmasida bo‘ladi.
Ijrochining boshqaruv obyekti sifatida ish tamoyillariga 
quyidagilarni kiritish mumkin:
— ijro etuvchanlik (rejaga mos holda sifat, xarajatlar va 
muddati bo‘yicha);
— 
mehnatni tashkil etish, texnologiyalarni takomillashtirish, 
sifatni oshirish, xarajatlarni pasaytirish bo‘yicha tashabbuskor 
bo‘lish;
— 
sog‘lom turmush tarzini kechirish, halol, tartibli bo‘lish;
— xizmat lavozimlari bo‘yicha ko‘tarishga intilish; Menej-
ment tizimida shaxs boshqaruvning obyekti va subyekti
sifatida yuzaga chiqadi.


45
Menejerlar tomonidan odamlarni boshqarish bir qator 
tamoyillarga asoslanadi:
1. Bo‘ysunuvchilarda o‘zini hurmat qilish hissini qo‘llab-
quvvatlash. Bunda, avvalo, bo‘ysunuvchilarni maqtash va 
so‘ngra ishni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berish.
2. Shaxsga emas, muammolarga e’tibor qaratish.
3. Ko‘ngildagi rejalarni qayd etish va mustahkamlash 
usullaridan faol foydalanish yoki zid harakatlarni bartaraf etish. 
Odamlar xulqidagi o‘zgarishlarga darhol e’tibor qaratilmasa, 
ortiqcha tushunmovchiliklar kelib chiqadi.
4. Aniq talablarni olg‘a surish, odamlar bilan doimo aloqada 
bo‘lish, qayta aloqalarga e’tiborni kuchaytirish.
Yuqoridagi tamoyillarga asoslangan holda, mos ravishda 
menejer ijrochilardan kerakli natijalarni talab qilishi kerak:
— 
maslahat olishga doimo ehtiyoj sezuvchilarda fikr uyg‘o-
tish;
— 
tashqi harakat ta’sirisiz biror qarorga kelolmaydiganlarga 
maslahatlar berish;
— 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalarni tushunmasdan ish 
yuritish mumkin emasligini eslatib turish;
— 
berilgan topshiriq va buyruqlarni so‘zsiz qat’iy talab 
etish;
— 
bo‘ysunishni istamagan xodimlarni boshqa chora topilma-
ganda ishdan bo‘shatish va, aksincha, rahbariyatning barcha 
topshiriqlarini sidqidildan bajaruvchi xodimlarni rag‘batlantirish.
Kim bilan va qanday ishlash — ko‘proq ma’noda odam-
larning o‘ziga xos xarakteriga bog‘liq. Bu rahbarlarga ham, 
ijrochilarga ham taalluqlidir. Ushbu holatni menejerlar doimo 
hisobga olishlari zarur.
Zamonaviy menejmentning rivojlanish bosqichida shaxsning 
ruhiy holatini aniqlash eng qiyin va muhim masala bo‘lib, bu 


46
jihat xodimlarni boshqarish samaradorligini oshirishda asosiy 
vazifa hisoblanadi.
Personallarni boshqarish muammolarini yechishda shuni 
hisobga olish zarurki, odamlar hayot shart — sharoitlariga 
turlicha moslashishadi. Moslashish qobiliyatiga qarab, ularni 3 
turga ajratish mumkin:
1. Mavjud holatga mo‘ljal olishda vaziyatga yengil ko‘nikish.
2. O‘tmishga mo‘ljal olishda qat’iy taqiq, ruxsat va huquqiy 
mas’uliyatlar ostida harakat qilish.
3. Kelajakka mo‘ljal olishda iyerarxik tuzilmaga yaxshi 
moslasha olmaslik.
Birinchi turdagilar qaror qabul qilishayotganda samarali 
ishlashadi, ikkinchilari mavjud tuzilma doirasisda qarorlar 
amalga oshirilayotganda, uchinchilari esa, g‘oyalarni 
rivojlantiruvchi sifatida namuna ko‘rsatishadi.
Shaxsning xususiyatlarini baholash asosida uning quyidagi 
komponentlaridan tashkil topadigan ruhiy holatini tuzish 
mumkin:
1. Temperament (fazilati). 
2. Xarakteri.
3. Qobiliyati.
4. Yo‘nalishi.
5. Intellektualligi.
6. Hissiyoti.
7. Erkin sifatlari.
8. Muomalasi.
9. O‘zini baholashi.
10. O‘zini nazorat qilish darajasi.
11. Ruhiy xarakterdagi qobiliyati.


47

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling