O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Personalni asoslash tizimlarini takomillashtirish


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Personalni asoslash tizimlarini takomillashtirish
Xulq-atvor shaxsning atrof-muhit bilan o‘zaro muloqotga 
kirishish shakllaridan iborat bo‘lib, ular bir qator omillarga 
bog‘liq bo‘ladi. Shaxsni va uning xulq-atvorini tavsiflab 
beradigan asosiy omillarga quyidagilar kiradi:
— 
shaxsning tabiiy xususiyatlari, uning o‘ziga xos 
psixologik xususiyatlari;
— 
ehtiyojlari, sabablari, qiziqishlar tizimi;
— 
shaxsni boshqarish tizimi, uning «men-obrazi». XX asr 
20-yillarining boshlarida shveysariyalik psixiatr K.G.Yung 
shaxsning psixologik xususiyatlarini «ekstraversiya» va 
«introversiya» tushunchalari orqali ta’riflab berishni taklif etdi.
Ekstraversiya (yextga — tashqari) shaxsning shunday 
psixologik xususiyatlarini ko‘rsatib beradiki, bunda shaxs 
o‘z qiziqishlarini tashqi omilga, tashqi obyektlarga qaratadi, 
ba’zan buni o‘z qiziqishlari hisobiga, ya’ni shaxs ahamiyatini 
pasaytirish hisobiga amalga oshiradi.
Ekstravertlarga xulq-atvorining ta’sirchanligi, imo-
ishoralardagi faollik, samimiylik, tashabbus ko‘rsatish (ba’zan 
ortiq darajada), ijtimoiy ko‘nikuvchanlik, ichki olamning 
ochiqligi xos bo‘ladi.
Introversiya (intgo — ichki) shaxsning o‘z shaxsiy 
manfaatlariga, ichki olamiga diqqat-e’tiborining qayd qilinishi 
bilan ajralib turadi.
Introvertlar o‘zlarining manfaatlarini eng muhim deb 
hisoblab, uni yuqori darajada qadrlaydilar. Ular uchun 
odamovilik, biqiqlik, ijtimoiy passivlik, mustaqil tahlil qilishga 
moyillik, yetarli darajada murakkab ijtimoiy adaptatsiya 
(ko‘nikuvchanlik) xosdir.


48
1.2. Korxonada kadrlarni rejalashtirish va 
muvofiqlashtirish 
Korxonalar va ularning turlari
O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi 
Qonuniga muvofiq, «Huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, 
mulkchilik huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish bo‘yicha o‘ziga 
qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulotni ishlab 
chiqaradigan, sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, 
ishlarni bajaradigan, xizmat ko‘rsatadigan, bellashuv hamda 
mulkchilikning barcha shakllarining huquqliligi sharoitida 
amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini ro‘yobga 
chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt korxona deb 
ataladi».

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling