O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
personalni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bugungi kunda ko‘plab yetakchi olim va mutaxassis- larimiz tomonidan iqtisodiyotimizda moliyaviy inqiroz- ning salbiy oqibatlari ta’sirini pasaytiradigan omillar
ISBN 978-9943-13-339-6 © «IQTISOD-MOLIYA», 2011
ISBN 978-9943-13-619-9 © «IQTISOD-MOLIYA», 2016 © Mualliflar jamoasi, 2016 3 KIRISH Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, «O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, «shok terapiyasi» deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini o‘zi tartibga soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik». Haqiqatdan ham, besh tamoyilga asoslangan davlatning bosh islohotchilik roli, ya’ni bozorni tartibga solishda ishtirok etishi o‘zini oqladi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining respublikamiz iqtisodiyotiga ta’siri boshqa rivojlangan va ayrim qo‘shni davlatlardagiga qaraganda «yumshoq» kechdi. Agar boshqa mamlakatlarda moliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarishi, ko‘plab yirik korxonalarning yopilishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, bizda jahon xomashyo bozorlarida talabning susayishi tufayli, eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlarimizning xarid qobiliyati pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqarishi kuzatildi. Bugungi kunda ko‘plab yetakchi olim va mutaxassis- larimiz tomonidan iqtisodiyotimizda moliyaviy inqiroz- ning salbiy oqibatlari ta’sirini pasaytiradigan omillar mavjudligi ta’kidlanmoqda. Ya’ni, ularning fikrlariga ko‘ra, mamlakatimiz iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatadigan darajada integratsiyalashmaganligi, respublikamizda katta hajmdagi xorijiy kapitalni ushlab turuvchi kompaniya va moliyaviy institutlarning yo‘qligi, deyarli barcha ustav fondlari korxonalarning real xususiy aktivlariga ega 4 ekanligi kabi holatlar inqirozning salbiy ta’siri u qadar katta bo‘lmasligini ta’minladi. Aksincha, hozirgi inqiroz ehtimol tutilayotgan salbiy ta’sirlardan tashqari, biz uchun ijobiy ta’sirlarga ham ega bo‘lishi, yangi imkoniyatlarni vujudga keltirishi mumkin. Masalan, AQSH va Yevropadagi investorlar aksiyalardan bosh tortib, o‘z aktivlarini bo‘shatmoqdalar. Demak, ular tomonidan yangi bozorlarni, yangi imkoniyatlarni izlash boshlanadi, ya’ni ushbu investorlar kapital kiritishning muqobil yo‘llarini qidiradilar. G‘arb bozorlari turg‘unlikka yuz tutgan pallada rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlarida o‘sishning ijobiy dinamikasi kuzatiladi. Ushbu mulohazalardan kelib chiqadigan xulosa shuki, ko‘plab investorlar O‘zbekiston bozoriga e’tibor qaratishlari ehtimoldan holi emas. Shu o‘rinda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekistonga jiddiy ta’siri bo‘lmaganligini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin: — respublikamizda ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘li tanlanganligi; — davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi aniq belgilab olinganligi; — O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlari barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi; — oqilona tashqi qarz siyosati olib borilayotganligi; — aholining ish haqi va daromadlari muntazam oshirib borilishi hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilayotganligi; — davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlari barqaror va ishonchliligi, ularning himoya mexanizmlari kuchli ekanligi bilan izohlanadi. 5 O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishini ta’minlashda va uning «Kadrlar Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling