49
Mulkchilik shakllaridan qat’iy — nazar, korxona ishchilar
soniga qarab
kichik yoki o‘rta korxonalarga bo‘linadi. Mulk-
chi lik ning barcha shakliga mansub korxonalar ixtiyoriylik
asosida faoliyatini muvofiqlashtirishi, o‘z huquqlarini himoya
qilishni ta’minlashi, tegishli davlat idoralari va boshqa
O‘zbekiston Respublikasi korxonalari,
ijara, davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining
kafolatlari, auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunlarga amal
qiladi. («Adolat», Toshkent, 2004. 4bet).
Shuningdek, xalqaro tashkilotlarda
umumiy manfaatlarni
idora etish maqsadida xo‘jalik uyushmalariga: konsernlarga,
konsorsiumlarga hamda tarmoq tamoyillari,
hududiy yoki boshqa
tamoyillar asosida o‘zga birlashmalarga uyushishlari mumkin.
Korxona o‘z nizomiga muvofiq boshqariladi. Korxona
boshqaruv tuzilmasi, shakli va
uslublarini mustaqil aniqlaydi,
shtatlarini belgilaydi.
Mulkdor yoki xo‘jalikni yuritish huquqi subyektga korxonani
bevosita yoxud, u vakolat bergan idoralar orqali boshqaradi.
Ular bu huquqlarni korxona kengashiga yoki korxona nizomida
ko‘zda tutilgan hamda mulkdor va mehnat jamoasi manfaatlarini
idora etadigan boshqa idoraga topshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: