50
tijoratchi tashkilot xususiy korxona», deb e’tirof etiladi.
Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy
shakli hisoblanadi. Xususiy korxonaning
tashkiliy tuzilmasi
quyidagicha (1.5-chizma) bo‘lishi mumkin.
1.5-chizma. Xususiy korxonaning tashkiliy tuzilmasi
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka
tarzda boshqaradi.
Uning asosiy funksiyalari quyidagilardan
iboratdir:
—
nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
—
xususiy korxonaning Nizom jamg‘armasini belgilash va
shakllantirish;
—
reja va hisobotlarni
tayyorlash hamda tasdiqlash;
—
xususiy korxonani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish
va
amalga oshirish;
—
xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish
to‘g‘risida
qaror qabul qilish;
—
xususiy korxona mulkini tasarruf etish (boshqa shaxsga,
ijaraga berish, garovga qo‘yish, boshqa korxonalar nizom jam-
g‘armasiga hissa tariqasida kiritish va hokazolar).
51
Mas’uliyati cheklangan jamiyat. O‘zbekiston
Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha
mas’uliyatli
jamiyatlar
1.6-chizma. Mas’uliyati cheklangan jamiyat boshqaruvining
Do'stlaringiz bilan baham: