O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

tashkiliy tuzilmasi
to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan, «Bir yoki bir necha shaxs 
tomonidan tashkil etilgan, Nizom jamg‘armasi (ustav kapitali) 
ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga 


52
bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb 
hisoblanadi» (1.6-chizma).
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning 
majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat 
faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun qo‘shgan hissalari qiymati 
doirasida javobgar bo‘ladilar.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari esa, 
jamiyat majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulklari 
bilan hamma uchun bir bo‘lgan va qo‘shgan hissalari qiymatiga 
nisbatan jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali 
miqdorda mustaqil tarzda javobgar bo‘ladilar. Qo‘shimcha 
mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori 
miqdori qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning Nizomida nazarda 
tutiladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari yuridik 
va jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Bunday jamiyat bir shaxs 
tomonidan ham ta’sis etilishi mumkin bo‘lib, u jamiyatning 
yagona ishtirokchisiga aylanadi. Umuman esa, jamiyat 
ishtirokchilarining soni 50 kishidan oshmasligi lozim. Jamiyat 
ishtirokchilarining soni belgilangan me’yordan oshib ketsa, 
jamiyat bir yil ichida ochiq aksiyadorlik jamiyati etib qayta 
tuzilishi kerak.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining umumiy 
yig‘ilishi jamiyat boshqaruvining oliy organi hisoblanadi. 
Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish jamiyatning 
yakka boshchilik asosidagi ijro etuvchi organi tomonidan yoki 
jamiyatning kollegial organi tomonidan amalga oshiriladi.
Xo‘jalik shirkati. O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik 
shirkatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, «Muassislarning 
(ishtirokchilarning) ulushlariga (hissalariga) bo‘lingan Nizom 
jamg‘armasiga (ustav kapitaliga) ega bo‘lgan tijorat tashkiloti 
xo‘jalik shirkati hisoblanadi, bunday shirkatda muassislar 


53
(ishtirokchilar) yoki ulardan ayrimlari shirkat nomidan 
tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok etadilar».
Xo‘jalik shirkati to‘liq shirkat yoki kommandit shirkat tarzida 
tuziladi. Ishtirokchilari (to‘liq sheriklari) o‘z o‘rtalarida tuzilgan 
shartnomaga muvofiq, shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug‘ullanadigan holda, uning majburiyatlari bo‘yicha 
o‘zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan shirkat 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling