55
— e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash;
— Nizom jamg‘armasini ko‘paytirish va kamaytirish, o‘z
aksiyalarini qaytarib sotib olish;
1.8-chizma. Aksiyadorlik jamiyatini tuzilmasi
—
taftish komissiyasi a’zolari (taftishchi)ni saylash va
ularning vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish;
—
yillik biznes rejalarini, hisobotlarni,
buxgalteriya
balanslarini tasdiqlash, foyda va zararlarni taqsimlash.
Jamiyat kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
—
jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
—
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini chaqirish,
ular uchun
kun tartibini tasdiqlash;
—
obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish;
—
mol-mulkning bozor qiymatini belgilash;
—
jamiyatning sho‘’ba va tobe filiallarini tashkil etish,
vakolatxonalarini ochish.
56
Aksiyadorlik jamiyatining kundalik
faoliyatiga rahbarlik
yakka — boshchilik asosida — ijroiya organ (bosh direktor)
yoki kollegial organ (direksiya, boshqaruv) tomonidan amalga
oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida bozor infratuzilmalarini
shakllantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish,
boshqaruv, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi
subyektlar boshqaruvini takomillashtirish jarayonida kompaniya,
firma, konsern, korporatsiya, xolding hamda boshqa xo‘jalik
birlashma va uyushmalari tashkil topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: