O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Kompaniya (fransuzcha «sovragpiye» so‘zidan) — 
iqtisodiy faoliyat (ishlab chiqarish, savdo, vositachilik, moliya, 
sug‘urta va boshqalar) olib borish uchun uyushgan yuridik 
va jismoniy shaxslar, tadbirkorlar birlashmasidir. Kompaniya 
deyilganda birlashmalar, shirkatlar, xo‘jalik jamiyatlari, firmalar, 
korporatsiyalar, ya’ni turli tashkiliy-huquqiy shakllarga ega 
bo‘lgan korxonalar tushuniladi.
Konsern («sopserp» –«ishtirok», «manfaat» so‘zidan) 
manfaatlar, shartnomalar, kapital, hamkorlikdagi faoliyatda 
ishtirok umumiyligi asosida birlashgan korxonalarning yirik 
birlashmasidir. Aksariyat hollarda, korxonalarning bunday 
guruhlari shu korxonalar aksiyalarining asosiy qismini o‘z 
qo‘lida to‘plagan bosh korxona (xolding) atrofida birlashadi. 
Konsern tarkibiga turli (sanoat, transport, savdo, bank sohasi) 
tarmoqlariga tegishli, ayrim hollarda dunyoning ko‘pgina 
mamlakatlarida joylashgan o‘nlab va yuzlab korxonalar 
ixtiyoriy asoslarda kiradilar. Amalda konsern tarkibidagi 
korxonalar ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish taraqqiyoti
shuningdek, investitsiya, moliya, tashqi iqtisodiy faoliyat, 
korxonalarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish sohasidagi 
vazifalarni moliyalashtirish asosida faoliyat ko‘rsatadi. Tarmoq, 
tarmoqlararo konsernlar ham bo‘ladi. Bir korxona faqat bir 
konsernga kira oladi.


57
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida O‘zbekistonda moddiy va 
ishlab chiqarish tarmoq vazirliklari o‘rnida yirik konsernlar 
(«O‘zkimyosanoat», «O‘zdavmashkonsern» va boshqalar)
tashkil qilindi.
Korporatsiya (lotincha «corporatio» — «birlashma», 
«hamjamiyat» so‘zidan) biron-bir faoliyat yuritish uchun 
uyushgan aksiyadorlar jamiyati. Hozir bozor iqtisodiyoti 
rivojlangan mamlakatlarda xo‘jalikning barcha tarmoqlarida 
asosiy mavqega ega. Korporatsiyalar asosan bir xil mahsulotlar 
ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi. Investitsiya kapitali 
markazlashuviga yordam beradi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti, 
mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlaydi.
Korporatsiyalar mulk egaligi ma’nosiga ko‘ra davlat, 
xususiy, qo‘shma (aralash), tarmoqlar bo‘yicha esa, sanoat, 
qishloq xo‘jaligi, aloqa va boshqalarga bo‘linadi.
Firma (italyancha «firma» — «imzo» so‘zidan) korxona, 
kompaniya va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar 
soni, mulk shakli, xuquqiy holat va boshqalarga ko‘ra xilma-
xil firmalar mavjud. Firmalarda band bo‘lganlar soni 2 — 3 
kishidan 20 — 30 mingtagacha bo‘lishi mumkin.
Firmalarning quyidagi turlari farqlanadi:
— affilirlangan (qo‘shilgan) — filial, sho‘’ba korxona 
shaklida yirikroq turdosh bosh korxona tarkibida faoliyat 
ko‘rsatadigan firmalar;
 broker — tijorat maqsadini ko‘zlaydigan va mijoz 
topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobidan vositachi sifatida faoliyat 
yuritadigan firmalar;
 venchur — kichik va o‘rta investitsion firmalar hisob-
lanib, ilmiy tarkiblar va muhandislik ishlanmalarini amalga 
oshiradi;
— investitsion — investitsiyalash va qimmatli qog‘ozlar 
bi lan bog‘liq operatsiyalarni o‘tkazadigan firmalar;


58
— injiniring — muhandislik maslahati ko‘rsatishga ixtisos-
lashgan firmalar;
— innovatsion — yangi texnologiyalarni yaratish uchun 
barpo etiladigan firmalar;
— konsalting — maslahat xizmati ko‘rsatishga ixtisos-
lashgan firmalar;
— ishlab chiqarish firmalari — aniq bir mahsulot tayyor-
lashga ixtisoslashgan bo‘ladi;
— savdo firmalari — savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi;
— rieltor firmalari — ko‘chmas mulk sohasidagi amallarga 
ixtisoslashgan bo‘ladi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining 
barcha sohalarida 250 mingdan ortiq firmalar faoliyat ko‘r-
satmoqda.
Xolding (inglizcha «holding» — «egalik» so‘zidan) asosiy
faoliyati korxonalar aksiyalarini o‘z tasarrufiga olish orqali 
ularning ishini nazorat qilish va boshqarishdan iborat bo‘lgan 
kompaniya, bosh korxona. Xolding tarkibida asosiy korxona 
yoki sho‘’ba korxona, yoxud bir necha sho‘’ba korxonalar 
mavjud bo‘ladi. Xolding kompaniyasining o‘zi ishlab chiqarish 
faoliyati bilan shug‘ullanmasligi ham mumkin. Lekin, ko‘p 
hollarda xolding kompaniyalar aksiyalarini boshqarish bilan 
bir qatorda, moliya-kredit, savdo, transport va boshqa faoliyat 
turlari bilan shug‘ullanadilar. 

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling