O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishda bilimdon va 
ishbilarmon xodimlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish 
muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Mamlakatimiz 
Prezidenti I. Karimov ta’kidlaganidek: «Bugungi kunning eng 
muhim vazifasi — hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, 
boshqaruvida, respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, 
qishloq va mahallalarni va kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni 
boshqarishda, tarmoq bo‘g‘inlarini idora etishda yangicha 
fikrlaydigan, qiyin damlarda mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola 
biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, imoni pok, 
bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch 
bildirishdan iboratdir»
1
.
Rejali boshqaruv amaliyotida «personalni boshqarish» 
tushunchasi yo‘q edi. Lekin, har bir korxona va tashkilotda 
kadrlar boshqaruv tizimi va jamoani ijtimoiy rivojlantirishning 
funksional kichik tizimi mavjud edi.
Hozirgi vaqtda korxona va tashkilot personalini boshqarish 
konsepsiyasi asosini xodim shaxsiy rolining ortib borayotganligi, 
uning asosiy yo‘l-yo‘riqlarni bilishi, ularni shakllantira olishi, 
korxona va tashkilot oldida turgan vazifalarga muvofiq ravishda 
yo‘naltira bilishi tashkil etadi.
Respublikamizdagi iqtisodiy va siyosiy tizimlarda ro‘y 
berayotgan o‘zgarishlar har bir shaxs uchun katta imkoniyatlar 
yaratishi bilan bir qatorda, jiddiy xavf-xatar ham tug‘diradi, 
ya’ni amalda har bir kishining hayotiga ma’lum darajada 
noaniqlik kiritadi. Bunday vaziyatda personalni boshqarish 
alohida ahamiyatga egadir, chunki u shaxsning tashqi sharoitga 
moslashishi, tashkilotdagi personalni boshqarish tizimining 
tuzilishida shaxsiy omilni hisobga olish masalalarining butun bir 
majmuini amalga oshirish imkonini beradi. Shuning uchun ham, 
ma’naviyat va qadriyatlarning ustuvorligiga butunlay yangicha 


6
yondashuvlarni ishlab chiqish talab etiladi. Korxona va tashkilot 
ichidagi asosiy subyekt — xodimdir, tashkilotdan tashqarida 
esa, mahsulot iste’molchilaridir. Ishlovchining ma’naviy ongini 
boshliqqa emas, balki iste’molchiga tomon burish, talon-torojga 
emas, balki foyda olishga, o‘ylamasdan bajaradigan ijrochiga 
emas, balki tashabbuskorlikka tomon yuz burish zarur. Sog‘lom 
iqtisodiy mohiyatga asoslanadigan ijtimoiy me’yorlarga o‘tishni 
unutmaslik kerak. Iyerarxiya ikkinchi o‘ringa o‘tib, u o‘z o‘rnini 
ma’naviyat, madaniyat va bozor talabiga bo‘shatib beradi.
O‘zbekistondagi va chet ellardagi tashkilotlar tajribasini 
umumlashtirish personalni boshqarish tizimining asosiy 
maqsadini, ya’ni kadrlar bilan ta’minlash, ularning samarali 
ishlashini, kasbiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishini 
shakllantirishga imkon beradi. Shunga ko‘ra, korxona va 
tashkilotda personalni boshqarish tizimi shakllantiriladi. Uning 
tuzilishi uchun asos sifatida shunday tamoyillardan, ya’ni fan 
tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda sinovdan o‘tgan 
qoidalar va usullardan foydalaniladi. Bularning barchasi ushbu 
o‘quv qo‘llanmada o‘z ifodasini topgan.


7

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling