73
—
ish kunining davom etishi haqidagi ma’lumotlar (to‘liq
yoki qisman band bo‘lganlar,
bir smenada, bir necha smenada
yoxud tungi smenada ishlovchilar), mehnat ta’tillarining qancha
davom etishi;
—
ishchi va xizmatchilarning ish haqi (uning tuzilishi,
qo‘shimcha
ish haqi, ustamalar, tarif bo‘yicha va tarifdan
tashqari to‘lovlar).
1.11-chizma. Personal to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tuzilishi
Mehnatga ko‘nikishni boshqarish
Personalning tashkilot bilan o‘zaro hamkorligi jarayonida
ularning o‘zaro moslashuvi vujudga keladi, uning asosini
personal tomonidan sekin-asta mehnatning yangi kasbiy va
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlariga kirib borishi tashkil etadi.
Ko‘nikishning ikki yo‘nalishi ajratib ko‘rsatiladi:
—
boshlang‘ich ko‘nikish, ya’ni
kasb faoliyati tajribasiga
ega bo‘lmagan yosh kadrlarning moslashuvi (odatda, mazkur
holatda gap o‘quv yurtlari bitiruvchilari haqida boradi);
—
ikkilamchi ko‘nikish, ya’ni kasb faoliyati sohasida
tajribaga ega bo‘lgan xodimlarning moslashuvi (odatda, bular
faoliyat obyektini o‘zgartiruvchilar yoki masalan, rahbar
lavozimiga o‘tganda kasbiy rolini o‘zgartirganlar).
74
1.12-chizma. Personalni jalb qilish manbalari chizmasi
Personalga sarflanadigan xarajatlar tashkilotning ishlab
chiqarish va ijtimoiy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish uchun asos
bo‘lib xizmat qiladi. Personalga sarflanadigan xarajatlar ulushi
mahsulot tannarxida ortib boradi, bu esa,
quyidagi omillar bilan
bog‘liqdir:
—
mehnat unumdorligi bilan
xodimlarga sarflanadigan
xarajatlar o‘rtasida bevosita bog‘liqlikning yo‘qligi;
—
personalning malakasiga tobora yuqoriroq talablar
qo‘yadigan yangi texnologiyalarning joriy qilinishi;
—
mehnat huquqi sohasidagi qonunlarning o‘zgarishi, yangi
tariflarning paydo bo‘lishi, eng zarur tovarlar (kundalik ehtiyoj
uchun kerak bo‘ladigan) narxlarining ortishi (tashqi omillar).
Do'stlaringiz bilan baham: