75
tadrijiy ravishda ilgarilab borish, xodim ko‘nikmalari,
qobiliyatlari, malaka imkoniyatlari va faoliyati bilan bog‘liq
bo‘lgan ish haqi miqdorlarining o‘zgarishidan iborat.
Martabaning ikki turi —
kasb martabasi va
tashkilot ichidagi
martaba mavjud.
Kasb martabasi shu narsa bilan ajralib turadiki,
muayyan
bir xodim kasbiy faoliyati jarayonida rivojlanishning turli-
tuman bosqichlaridan o‘tadi: ta’lim olish, ishga kirish, kasb-
hunar sohasida o‘sish, o‘ziga xos kasbiy qobiliyatlilarni qo‘llab-
quvvatlash, pensiyaga chiqish. Xodim ushbu bosqichlarni
izchillik bilan turli tashkilotlarda ishlab o‘tkazgan bo‘lishi
mumkin.
Kasb
martabasi bilan bir qatorda tashkilot ichidagi
martabani ajratib ko‘rsatish mumkin. U xodimning bir tashkilot
doirasida rivojlanish bosqichlari izchillik bilan almashinib
borishini qamrab oladi.
Tashkilot ichidagi
martaba uchta asosiy yo‘nalishda amalga
oshiriladi:
Vertikal yo‘nalish — ko‘pincha, martaba tushunchasining
o‘zini xuddi ana shu yo‘nalish bilan boglaydilar, chunki,
bunday holda martabaning ortib borishi ancha sezilarli bo‘ladi.
Martabaning vertikal yo‘nalishi deyilganda tarkibiy pog‘onaning
ancha yuqoriroq darajasiga ko‘tarilishi tushuniladi.
Gorizontal yo‘nalish — faoliyatning
boshqa funksional
sohasiga o‘tkazishni yohud pog‘onadagi muayyan xizmat rolini
bajarishni nazarda tutadi, bu xizmat vazifasi
tashkilot tuzilmasida
rasman qattiq biriktirib qo‘yilmagan bo‘lishi mumkin (masalan,
muvaqqat maqsadli guruhining rahbari vazifasini, dasturini
bajarish va h.k.); gorizontal yo‘nalishga oldingi pog‘onadagi
vazifalarni kengaytirish yoki murakkablashtirish
ham kiradi
(odatda, bunda olinadigan haq ham o‘zgaradi).
Do'stlaringiz bilan baham: