O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»
Inson resurslarini boshqarishning farq qiluvchi xususi-
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
personalni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- ... DAN ... GACHA.
- . Inson resurslarini boshqarish
Inson resurslarini boshqarishning farq qiluvchi xususi-
yatlari : 80 — inson resurslarini boshqarish (IRB) vazifalarini kom- paniya prezidentiga yoki uning birinchi o‘rinbosariga bo‘y- sundirish. Inson resurslarini boshqarish tajribasidan bir qator ustuvor yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: — birinchi navbatda, o‘z kompaniyasi xodimlarini lavozimlarga ko‘tarish; — erishilgan natijalarni rivojlantirishdan faxrlanishga katta e’tibor berish; — rahbarlar bilan xodimlar o‘rtasidagi vazifa bilan bog‘liq bo‘lgan farqlanishni kamaytirish, (ular foydalanadigan alohida restoranlarni, ustunlik va imtiyozlarni tugatish); — qulay mehnat va atrof-muhit sharoitini yaratish; — oshkora kommunikatsiyalarni rag‘batlantirish; — xodimlarni boshqa ish topishga urinmasdan turib, ularni ishdan bo‘shatishning mumkin emasligi; — har bir xodimda “komanda” madaniyatini shakllantirish; — personalning korxona va tashkilot foydasida ishtirok etishi; — xodimlar malakasini oshirish; — xodimlarning o‘zi ishlaydigan kompaniyadan tashqari ishlarda ham ishtirok etishini rag‘batlantirish. Personalni boshqarishdan inson resurslarini boshqarish sari amal qiladigan siljish kelgusidagi tarkibiy qayta qurishlar asosida yotgan sabablar, boshqaruvning barcha bosqichlarida inson rolining ortishi o‘z ta’sirini o‘tkazadi, deb tasavvur qilish mumkin. Bir tomondan, personalni boshqarish vazifasining roli ortadi, menejmentning o‘zi ancha murakkab bo‘lib qoladi. Ayni vaqtda kadrlar sohasidagi mutaxassislar korxonaning strategiyasiga muvofiq perspektiv boshqarishdan ko‘ra “qizg‘in” ishlar bilan ko‘proq shug‘ullanadilar. Muntazam rahbarlar personalni boshqarish sohasidagi mutaxassislardan ajralib 81 qolgan. Muntazam menejmentdan esa, eng muhim vositalar (ish haqi, yollash, ishdan bo‘shatish va shu kabilar) olib qo‘yilgan. Ushbu holatda malakani oshirishga endi birinchi darajali vazifa sifatida qaralmaydi. Ikkinchi tomondan, raqobat keskin tarzda ortadi, xarajatlarning kamayishiga nisbatan tazyiq o‘tkaziladi, tashkiliy tuzilmalar o‘zgaradi, biznesni tashkil etish mahsulotlar va iste’molchilar atrofida «quriladi». Shu bilan birga, faqatgina detsentralizatsiya ortib qolmasdan gorizontal integratsiyaning zarurligi ham ortadi. Ayni bir vaqtda, xodimlar bilim va malaka darajasining roli keskin ravishda kuchayadi va bu bilan mutaxassislarning iste’dodi uchun raqobat darajasi ham kuchayadi. Barcha sanab o‘tilgan jarayonlar va tendensiyalar muqarrar ravishda iqtisodiyot sohasida yangi vazifa — inson resurslarini boshqarishning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bunday holat pirovard natijada, jahon tajribasining guvohlik berishicha, kelajakda personalni boshqarish konsepsiyasi va amaliyotini siqib chiqaradi. Mazkur jarayonlar quyidagicha yo‘l bilan ro‘y beradi. Inson resurslarini boshqarish evolutsiyasi va uni rivojlantirishdagi kelgusi yo‘nalishlarga baho berish uchun yirik korporatsiyalarni boshqaradigan yapon va amerika mutaxassislarining fikrlari bilan tanishib chiqish foydalidir. Yapon menejerlari boshqarish sohasidagi bo‘lajak siyosatni quyidagi yo‘nalishlarning rivojlanishida deb biladilar: — inson resurslari (IR) potensialining rivojlanishi – 86,6 %; — IR potensialidan puxta foydalanish – 78,9 %; — guruh tarzidagi faoliyatning rivojlanishi – 47,1 %; — katta yoshdagi ish bilan bandlarning rivojlanishiga e’tibor berish – 42,4 %; 82 — malaka darajasidagi xilma-xillikni kengaytirish – 38,3 %; — mehnat sharoitlarining yaxshilanishi – 9,4 %; — inson resurslarini boshqarish tamoyillari ... DAN ... GACHA. AQSH kompaniyalari 1500 nafardan ziyod menejerlari XXI asrdagi inson resurslarini boshqarish (IRB)ning roli haqida quyidagilarni aytadilar: — ertangi ehtiyoj uchun inson resurslarini rejalashtirish korporatsiya strategiyasini shakllantirishning bir qismi hisoblanadi; — inson resurslarini boshqarishning rahbari hamma joyda boshqaruvning yuqori bo‘g‘ini a’zosi bo‘ladi va biznes strategiyasi, rejalari, texnologiyasi, bozor mahsulotlari va vositalari haqida to‘liq xabardor bo‘ladi; 1.15-chizma. Inson resurslarini boshqarish Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling