O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
personalni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson resurslarini boshqarish vazifalari dinamikasi An’anaviy vazifalari: IRB ning kelgusi vazifalari
tamoyillari chizmasi
— inson resurslarini boshqarishning vazifalari, roli protses- sual aktivatordan ma’lumotlar to‘plash va ishlov berish, inson re surslarini tanlash va foydalanishdagi muhim aktivatorga aylanadi; 83 — malaka oshirishdagi asosiy mezonlar uning xilma-xilligi va kengligi, aniq natijalarga erisha olishi, dinamizm, komandada ishlay bilishi, mo‘ljal olishi va ishchanlik axloqidir; — ishchilarning texnologiya jarayonida ishtirok etish prinsipi bo‘yicha. Ishchilar mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha asosiy va yordamchi ishchilarga bo‘linadi, MTX — rahbarlarga, mutaxassislarga va texnik ijrochilarga bo‘linadi; Ish muddati bo‘yicha: doimiy, mavsumiy va muvaqqat (vaqtincha) xodimlar. 1.5-jadval Inson resurslarini boshqarish vazifalari dinamikasi An’anaviy vazifalari: IRB ning kelgusi vazifalari: · lavozimning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib yollash; · korporativ strategiyaning inson resurslari strategiyasiga aylanishi; · mehnat mazmuniga baho berish; · yangi tashkiliy tuzilmalar tashkil etish. Korxona va tashkilot strategiyasi va madaniyatiga mos keladigan ish bilan band kishilarni tanlash; · attestatsiyadan o‘tkazish va mukofotlarni taqsimlash; · korxona strategiyasiga mos keluvchi motivlar tizimini loyihalash va uni amalga oshirish; · malaka oshirish; personalni rivojlantirish va boshqarish tizimini loyihalash hamda avj oldirish; · mehnat munosabatlari. · ishtirok etish va hamkorlikni rivojlantirish. Tashkiliy o‘zgarishlarga ko‘maklashish. Diversifikatsiya qilingan ish kuchi potentsialidan to‘liq foydalanish. Moddiy ishlab chiqarish sohasining barcha xodimlari ikki guruhga bo‘linadi: a) asosiy faoliyatda band bo‘lgan personal. Sanoatda bu xodimlar sanoat ishlab chiqarish personalini tashkil etadi; b) asosiy bo‘lmagan faoliyatda ish bilan band yoki boshqa personal. Bu kategoriyaga korxona tarkibiga kiradigan nosanoat tashkilotlari personali kiradi. 84 Korxonaning ijtimoiy tizimi qonuniy ravishda ikkita asosiy kichik tizimga: boshqaruvchi va boshqariluvchi kichik tizimlarga bo‘linadi. Shunday qilib, boshqaruvchi personal personalni boshqarish subyekti, obyekti esa, ishlab chiqarish personali sifatida maydonga chiqadi. Saralash asosida ishlovchi boshqaruvchi personalga, ya’ni obrazli qilib aytganda, «oq yoqalilar»ga — menejerlar va ma’muriy xodimlar, aqliy mehnat xodimlari va mutaxasstislar, shuningdek, idora xodimlari kiradi. Bevosita ishlab chiqarishda band bo‘lgan va texnologiya jarayonini amalga oshirishda ishtirok etadigan personalga, ya’ni «ko‘k yoqalilar»ga menejment amaliyotida ko‘proq asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarga taalluqli bo‘lmagan barcha ishchilar kiritiladi. Shuni ham aytish kerakki, korxonalarda muhandis-texnik xodimlar va xizmatchilarning ma’muriy-boshqaruv va ishlab chiqarish personaliga bo‘linishi ancha shartlidir. Masalan, korxona garajining mudiri — ma’muriy, transport sexining boshlig‘i — ishlab chiqarish personali hisoblanadi. O‘z navbatida, boshqaruvchi personal muhandis-texnik xodimlar (MTX) va xizmatchilarga bo‘linadi. Muhandis-texnik xodimlar kategoriyasiga ishlab chiqarish jarayoniga rahbarlik qiluvchi shaxslar, xizmatchilarga ishlab chiqarish jarayoniga texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi shaxslar kiradi. Bu xildagi bo‘linishni ham muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi, chunki bir-biriga o‘xshash lavozimlarga turli kategoriyadagi shaxslar kirib qolishi mumkin. Masalan, reja bo‘limining boshlig‘i — MTX, moliya bo‘limining boshlig‘i esa, xizmatchi hisoblanadi. Boshqaruv xodimlari tasnifini ular oldidagi maqsadlarga qarab bir necha prinsipga bo‘lish mumkin. Ma’muriy-huquqiy prinsip xodimlarni egallab turgan lavozimiga qarab farqlashni nazarda tutadi: zavod direktori, sex boshlig‘i, bosh rejachi, bosh buxgalter va h.k. 85 Funksional prinsip boshqaruv xodimlarini kasblar (mutaxassisliklar) bo‘yicha guruhlarga bo‘lishni nazarda tutadi. Boshqaruv apparati ishini takomillashtirish tajribasi mehnatni ilmiy asosda va zamonaviy tashkiliy-texnik asosda tashkil etish, boshqaruv xodimlarini mehnat xarakteriga qarab xodimlar kategoriyasiga bo‘lishga yana bir yondashuvni paydo qildi: — takrorlanib turadigan, muayyan qoidalar va texnik shartlar bilan tartibga solib turiladigan mexanik ishlarni bajaruvchi xodimlar. Ularga ish boshqarish personali va qisman mas’ul ijrochilar bajaradigan vazifalar (masalan, hujjatlarni ro‘yxatga olish, nusxa ko‘chirish) kiradi; — asosan bir-biriga o‘xshash siklga kiradigan, takrorlanib turadigan ishlar majmuini bajaradigan xodimlar, mas’ul ijrochilar bajaradigan faoliyatning ko‘pgina turlari shunday xususiyatga ega bo‘ladi (masalan, xodimlarga ish haqini hisoblash, mehnat bo‘yicha korxona va tashkilotning ichki rejalarini ishlab chiqish va h.k.); — takrorlanib turmaydigan ishlarni bajaradigan yoki uzoq muddat ijro etiladigan ishlarni bajaradigan xodimlar. Bunday ishlarni asosan rahbarlar va qisman mas’ul ijrochilar bajaradilar (masalan, o‘z qaramog‘idagi obyektlarni o‘rganish). Zamonaviy korxonaning tuzilishi quyidagichadir: 1. Korxona xodimlari. 2. Boshqaruvchilar (menejerlar). 3. Aksiyadorlar. 4. Direktorlar kengashi. U firmaning faoliyati uchun va firma strategiyasi darajasida boshqaruvga oid qarorlar qabul qilinishi uchun to‘liq javobgar bo‘ladi, (15–20 kishi). 5. Firmaning faoliyat ko‘rsatishidan manfaatdor bo‘lgan guruhlar yoki tomonlar. 86 Boshqaruvchi personalni batafsil o‘rganish aslida uni tasniflashga doir g‘arbiy mezonlarga mos keladi va vatanimizdagi tashkilotlar uchun boshqaruvchi personalning mavjud kategoriyalarini ajratib ko‘rsatishga imkon beradi: 1. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari. 2. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari, bosh mutaxassislar. 3. Iqtisodiy vazifalarni amalga oshiradigan mutaxassislar. 4. Ishlab chiqarishni muhandislik-texnik jihatdan ta’minlovchi mutaxassislar. 5. Xizmatchilar lavozimlari (ular hujjatlarni hisobga olish, nazorat qilish, rasmiylashtirish, xo‘jalik xizmati ko‘rsatish bilan band bo‘ladilar). Har bir lavozim ta’rifi o‘ziga muayyan malaka talablarini, ya’ni ta’lim darajasi va amaliy ish stajini qamrab oladi. «Mehnat munosabatlari sohasidagi Amerika qonunchiligi yollanma personalni ikki kategoriyaga bo‘ladi. Birinchi kategoriyaga oddiy ijrochilar, ikkinchi kategoriyaga «ma’muriyat vakillari»: butun boshqaruvchi personal (menejerlar), shuningdek, kadrlar xizmati, soqchilik va xavfsizlik xizmati xodimlari kiritilgan. AQSH va Buyuk Britaniyadagi boshqaruvchi personalga o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun boshqalar ishini tashkil etuvchi, muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi har qanday yollanma xodim kiritiladi, (1.16-chizmaga qarang). Ushbu holat bunday xodimlarni tanlash va tayyorlash usullaridagi, ular mehnatiga baho berish va mukofotlash shakllaridagi ayrim umumiy jihatlarni oldindan belgilab beradi. Shu bilan birga, har turli boshqaruv vazifalarini bajarish talablaridagi va real mazmunidagi farqlar shu qadar kattaki, bu kasb kategoriyasining «yuqori» va «quyi» qismlari haqiqatda turli ijtimoiy qatlamlar va ijtimoiy sinflarga taalluqlidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling