O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

Xodimning raqobatbardoshligi ishchi kuchi sifati, shaxs-
ning ijodiy imkoniyatlari, ish bilan bandlik va ish kuni davomiy-
ligi kafolatlanganligi, daromad miqdori bilan belgilanadi.
Alohida olingan mehnat jarayoni uchun mas’ul bo‘lgan 
guruhning raqobatbardoshligi, guruh a’zosi raqobatbardoshligi 
yig‘indisidan ko‘pdir. Bu shu bilan izohlanadiki, ayrim xodimlar 
nafaqat yaxshi ishlaydilar, ayni vaqtda, a’lo darajada o‘zaro 
hamkorlikda faoliyat ham ko‘rsatadilar. Qo‘shimcha natija 
beruvchi bunday yig‘indi sinergetika” samarasi, deb ataladi. 
Unga ko‘ra 2+2=5,6,7 va hokazo bo‘lishi mumkin. Shuning 
uchun sinergetika 4 samarasi 2+2=5,6... N deb qabul qilinadi.
Raqobatbardoshlikning sinergetik xususiyatlari xodimlarning 
umumiy mehnat jarayonida birgalikdagi ishtiroki, ixtisoslashishi 
va kooperatsiya, guruh ichki iqtisodiy munosabatlarini 
rivojlantirish natijasida namoyon bo‘ladi.


97
1.18-chizma. Kasb malakasi oshishi bosqichlari.
1.19-chizma. Kasb malakasi rivojlanish bosqichlari.
Korxona yoki tashkilot personalining raqobatbardoshligi 
xodimlarning alohida guruhlarini raqobatbardoshligiga qarab 
aniqlanadi va ko‘p jihatdan ularning ishlab chiqarish jarayonidagi 
o‘zaro faoliyati samaradorligi natijasi hisoblanadi. Personalning 
raqobatbar doshligi kompaniya yoki firma iqtisodiy o‘sishi bilan 
bog‘liq omillar ta’siri ostida shakllanadi. Ana shu shakllanish 
jarayonida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning mushtarakligi 
namoyon bo‘ladi: ish beruvchi o‘z maqsadlariga erishish 
(korxonasi raqobatbardoshligini oshirish, foydani ko‘paytirish, 
bozorning mahsulot va xizmatlarga ehtiyojini qondirish) uchun 
xodimlari ehtiyojini to‘laroq va yaxshiroq qondirishga harakat 
qiladi, personal esa, o‘z navbatida, korxona maqsadlariga 
erishishdan manfaatdor bo‘ladi.


98
1.20-chizma. Xodimning kasb malakasi o‘sishini baholash
Personal raqobatbardoshligining eng asosiy ko‘rsatkichlari 
1.6-jadvalda aks etgan.


99

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling