O‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi personalni boshqarish kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Qayta ishlangan uchinchi nashr Toshkent «iqtisod-moliya»


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/133
Sana04.11.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1745424
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   133
Bog'liq
personalni boshqarish

II BOB. PERSONALNI MALAKAVIY 
SHAKLLANTIRISH VA UNI BAHOLASH
2.1. Personal karyerasini rejalashtirish
va rivojlantirish
Kasbiy ta’lim xodimni turli ishlab chiqarish vazifalarini 
bajarishga tayyorlaydi. Bu an’anaga muvofiq xizmat vazifasi 
tushunchasi bilan bog‘liqdir. Inson o‘z mehnat faoliyati 
davomida ko‘p hollarda bitta emas, balki bir nechta xizmat 
vazifalarini egallaydi. Ana shu xizmat vazifalarida ko‘tarilish 
umume’tirof bo‘yicha karyera, deb ataladi.
Lavozimga ham amaliy, ham axloqiy, ham shaxsiy sifatlari 
to‘kis insonni tayinlashga hamma vaqt katta e’tibor berib 
kelingan. Masalan, «Qobusnoma»da «Agar birovga amal 
bersang munosib odamga bergil», deb o‘qtiriladi.
Karyera — fransuzcha (carirere)dan tarjima qilinganda olg‘a 
qarab muvaffaqiyatli siljish ma’nosini berib, bugungi kunda 
ijtimoiy, xizmat, ilmiy va faoliyatning boshqa turlarida mansab 
lavozimida muvaffaqiyatli o‘sish sifatida tushuniladi. Karyera 
birgina xizmat vazifasi va lavozimda o‘sish ma’nosinigina 
anglatmaydi. Shuningdek, aktyor karyerasi, sportchi karyerasi, 
olim karyerasi va hokazolar mavjud bo‘lib, ular, albatta, xizmat 
vazifasi yoki lavozimda o‘sish, degani emas.
Zamonaviy menejmentda karyera ikki nuqtai nazardan 
baholanadi. Birinchidan, karyera – inson hayoti davomida 
egallaydigan xizmat vazifalari, lavozimlari jamlanmasidir. 
Buni maqsadli karyera, deb ham atashadi. Ikkinchidan esa, 
karyera – inson hayoti davomida ro‘y beradigan qadriyatlar 
va qiziqishlarning o‘zgarishidir. Buni subyektiv karyera, deb 
atashadi.
Ana shu ikki nuqtai nazarda inson iloji boricha eng katta 
yutuqqa erishish va o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qilishi uchun 


136
muayyan darajada o‘z taqdirini nazorat qilish, o‘z imkoniyatlarini 
boshqarish salohiyatiga ega ekanligini e’tirof etadi.
Karyera, yana bu atamaning asl tushunchasiga muvofiq olg‘a 
qarab muvaffaqiyatli siljish deyilganda faqat xizmat vazifasi 
(lavozim)da o‘sish emas, balki kasbiy o‘sish ham anglanadi.
Menejmentda amaliy karyera tushunchasi qo‘llaniladi. 
Amaliy karyera — xodim faoliyatning biror sohasida yuqoriga 
ko‘tarilishi, ko‘nikmalari, qobiliyati, malakasi hamda faoliyati 
bilan bog‘liq holda rag‘batlantirish miqdorining o‘zgarishi, 
hayotda tanlangan yo‘li bo‘yicha olg‘a qarab harakati, mashhur 
bo‘lishi, shuhrat qozonishidir.
Amaliy karyera xodimning o‘z mehnat faoliyati kelajagi 
to‘g‘risida subyektiv fikr yuritish, o‘zini namoyon qilish istagidan 
shakllana boshlaydi. Bu xodimning ichki nuqtai nazari, korxona 
yoki tashkilotda o‘z o‘rnini, maqomini subyektiv tasavvur 
etishidir. Ba’zi birovlar uchun mehnat faoliyatidagi muvaffaqiyat 
(karyera) xizmat vazifalari (lavozimlar) pog‘onalaridan yuqoriga 
ko‘tarilishdir. Boshqalar uchun esa, muvaffaqiyat — egallab 
turgan xizmat vazifasi (lavozim)da ijod bilan shug‘ullanish, kasb 
mahoratini oshirishdir. Shu sababli, amaliy karyera turlari ko‘p, 
(2.1-chizma).
Lavozimda o‘sish uchun ayrim xodimlar uzoq muddatli 
reja tuzishlari mumkin. Lekin ko‘pchilik bunday qilmaydi. 
Sotsiologlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar mehnatga 
layoqatli aholining 70 foizi lavozimda o‘sish uchun biron-bir 
rejaga ega emasligini ko‘rsatgan. Ana shu aholining 20 foizi 
o‘z karyerasini aniq rejalashtirar ekan. Ular malaka oshirish 
kurslariga qatnaydilar, turdosh kasblarni egallaydilar, chet 
tillarini o‘rganadilar va hokazo.


137
2.1-chizma. Amaliy karyera turlari.
Faqat 10 foiz aholigina qachon, qanday qilib, rejalagan 
lavozimni egallashini bilar ekan, xolos.
Aholi uchun karyera tushunchasining mohiyati ham 
turlichadir, (2.1jadval).
Inson rejalagan yoki umid qilgan lavozimga erishishi uchun 
o‘zgalar yordamiga muhtoj. U bu yordamni davlatdan, o‘quv 
yurtlari, hatto yaqinlaridan ham kutadi.
Bugungi kunda kompaniya va firmalarning o‘zlari xodimlar 
lavozimida karyeralarini rejalashtiradigan bo‘lganlar. Bu 
tushunarlidir. Chunki, korxonalar personalni rivojlantirish orqali 
o‘z muvaffaqiyatlarini ta’minlashga intiladilar. Shuning uchun 
ular personalni lavozimida o‘stirishdan manfaatdordirlar.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling