138
Mehnatga to‘lanadigan
katta ish haqi,
daromad
53
54
Yuksak kasb mahoratiga erishish
23
23
Jamiyat uchun foydali ish
26
29
Shuhrat, e’tirof,
hurmat
17
18
Mehnat bozorida katta talabga ega bo‘lgan
nufuzli ish
15
18
Yuqori lavozim, odamlarga rahbarlik qilish
8
5
Javob berishga qiynalganlar
7
4
Faoliyat turi, muayyan ish, xizmat pillapoyasidagi lavozim,
o‘rinni karyeraning maqsadi, deb bo‘lmaydi.
U chuqur maz-
munga ega. Jumladan, karyera maqsadlari quyidagilardan iborat:
— xodim o‘zini baholashiga mos hisoblagan,
shu sababli,
unda ma’naviy qoniqish hosil qiladigan faoliyat turi bilan
shug‘ullanish yoki shunday lavozimni egallash;
—
farzandlarni tarbiyalash ishlari bilan shug‘ullanish
imkonini beradigan ish yoki lavozimga ega bo‘lish.
Karyera maqsadlari xodim
yoshiga qarab hamda uning
malakasi o‘sishi va boshqa sabablarga ko‘ra, o‘zgarishi bilan
bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Karyera maqsadlarini shakllantirish
doimiy jarayon hisoblanadi.
Karyera, xodim mehnati murakkabligi yoki ish o‘rinlarining
ijtimoiy pillapoyadagi o‘rni o‘zgarishi bilan bog‘liq eng
muhim o‘zgarishdir. Shu nuqtai nazardan
karyeraning ikki turi
farqlanadi:
1. Kasb karyerasi — bilim, ko‘nikma, mahoratning
o‘sishidir. Kasb karyerasi ixtisoslik (kasb
faoliyati boshida
tanlangan ixtisoslikni chuqurlashtirish) yoki keng ixtisoslashtirish
(yangi va turdosh kasblarni egallash) yo‘nalishida bo‘lishi
mumkin.
Kasb karyerasi xodim o‘z kasbiy faoliyati davomida turli:
o‘qish, ishga joylashish, lavozimda o‘sish, pensiyaga chiqish
139
bosqichlarini (2.2-jadval) bosib o‘tish xususiyatiga ega. Xodim
mazkur bosqichlarni turli tashkilotlarda bosib o‘tishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: