142
misol sifatida korxona boshqarmasi boshlig‘i korxona rahbari
o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishini keltirish mumkin.
Ixtisoslashtirilmagan karyera. Bu
Yaponiya menejmentiga
xosdir. Ushbu davlat kompaniya va firmalarida rahbar ishlab
chiqarishning har qanday uchastkasida ishlay olishga qodir
mutaxassis bo‘lishi kerak, degan qoida qaror topgan. Yapon
menejmentiga ko‘ra, xodim xizmat lavozimi pillapoyasida
uch yildan ko‘p muddat ushlanib qolmasdan bosqichma-
bosqich ko‘tarilib borar ekan, kompaniyaga
har tarafdan nazar
tashlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Mazkur usulda,
aytaylik, mahsulot sotishni tashkil etadigan bo‘lim boshlig‘i
ta’minot bo‘limi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilishi tabiiy hol
hisoblanadi. Yaponiyalik ko‘pgina rahbarlar o‘z karyeralarini
kasaba uyushmalari tashkilotlarida ishlashdan boshlaganlar.
Bir qarashda bu vazifa ularga hozir faoliyat ko‘rsatayotgan
kompaniyalari
uchun eng zarur, chuqur, keng ko‘lamli maxsus
bilimlarni yetarli hajmda egallash imkoniyatini bermaydi. Ammo,
ushbu mamlakatda rahbarlik lavozimi uchun bu hal qiluvchi
ahamiyatga ega emas deb hisoblanadi. Chunki, ular fikricha, bu
bilimlar 5 yil o‘tgach baribir eskirib qoladi.
Boshqa tomondan
esa, rahbarlik lavozimiga tayinlangan bunday xodimlar avvalgi
vazifalarida orttirgan tajribalari tufayli kompaniya to‘g‘risida
yaxlit tasavvurga ega bo‘ladilar. Yangi lavozimlarda ularning
shaxsiy tajribasi ham juda asqotadi.
Ixtisoslashtirilmagan karyerani ham xodim bir korxonada
yoki bir necha korxonada o‘tishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: