143
bajarish yuklatilishini anglatadi. Egallab turgan lavozimida avval
belgilab qo‘yilgan vazifalarning qoida bo‘yicha ish
haqi miqdori
oshirilgan holda kengaytirilishi yoki murakkablashtirilishi ham
gorizontal karyera turiga taalluqlidir. Ya’ni, gorizontal karyera
xizmat lavozimida muttasil yuqoriga ko‘tarilishni anglatmaydi.
5. Bosqichma-bosqich karyera. U
vertikal va gorizontal
karyera xususiyatlarini mujassamlashtiradi. Ya’ni xodimning
xizmat vazifasida o‘sishi bosqichma-bosqich vertikal xamda
gorizontal holda kechishi mumkin. Bu sezilarli darajada samara
beradi. Bosqichma-bosqich karyera
korxona ichidagi karyera
shaklida hamda korxonalararo karyera shaklida uchraydi.
6. Yashirin karyera. Bu atrofdagilar uchun aniq-ravshan
holda ro‘y bermaydigan xizmat lavozimida o‘sishdir. Bunday
imkoniyatga odatda, o‘z korxonasidan tashqarida juda keng
amaliy aloqalari mavjud tor doira xodimlari ega bo‘ladilar.
Boshqacha qilib aytganda,
yashirin karyera deyilganda
kompaniya yoki firma rahbariyatiga yaqinlashish tushuniladi.
Masalan, rahbariyatning alohida
muhim topshiriqlarini bajarish,
tor doirada o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga taklif qilinish, norasmiy
axborotlar olish imkoniga ega bo‘lish
va hokazolar xuddi shuni
anglatadi.
Bunday xodimlar oddiy xizmat lavozimlarida bo‘lishlari
mumkin. Biroq, ularning ish haqi hamkasblarinikidan sezilarli
darajada yuqori bo‘ladi.
Zamonaviy menejmentda xodimning lavozimda o‘sishi
uchun zarur sifatlarga ega bo‘lish lozimligi nazariy va amaliy
jihatdan asoslab berilgan. Xususan, G‘arbda o‘tkazilgan
tadqiqotlar personalning faqat 0,1 foizida boshqaruv iste’dodi
mavjud bo‘lishini ko‘rsatgan. Shuning
uchun karyera tanlanishida
muayyan omillar hisobga olinishi zarur, (2.2-chizma).
Vertikal va gorizontal karyera xodimlarning
ikki toifasini
farqlaydi: